Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


III bob. Debitorlar va kreditorlar



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

III bob. Debitorlar va kreditorlar 
249. Bu bobda keltirilgan schyotlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar 
bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, bajargan ishlari va ko‘rsatgan 
xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-
kitoblar, budjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga 
ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, 
stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalarni 
saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan 
hisob-kitoblar hisobga olinadi. 
Tashkilotlar o‘rtasida avans to‘lovlarini amalga oshirish, shuningdek debitorlik va 
kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
250. Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan 
taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi 
materiallarni tegishli idoralarga taqdim etishi shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
251. Budjet tashkilotlari umumiy da’vo muddati davomida o‘zlarining debitorlik 
qarzlarini undirish choralarini ko‘rishi lozim. 
Budjet tashkilotining debitorlik 
qarzlari umumiy da’vo muddati tugagan, ushbu 
qarzdorlikni undirilishi yuzasidan tegishli sud qarori qabul qilingan hamda qarzdorning 
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari yo‘qligi tufayli ijro hujjatlari 
tashkilotga qaytarilgan taqdirda mazkur debitorlik qarz umidsiz debitorlik qarz deb 
hisoblanadi va budjet tashkiloti tomonidan tashkilot rahbari ruxsati bilan belgilangan 
tartibda hisobdan chiqariladi. 
Bu qarzdorlik qarzdorning mulkiy ahvoli o‘zgargan taqdirda undirib olish imkoniga 
ega bo‘lish maqsadida kuzatib borish uchun u hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab 
balansdan tashqari 05 schyotda ko‘rsatilishi lozim. 
Balansdan tashqari 05 schyotda ko‘rsatilgan mablag‘lar 3 yildan so‘ng, balansdan 
tashqari schyotdan ham hisobdan chiqariladi. 
(251-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 9-dekabrdagi 66-
sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 2169-7, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/2169-7/1109-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


252. Da’vo muddati o‘tgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati bilan 
amaldagi xarajatlarni oshirish bo‘yicha hisobdan chiqariladi va bu haqda 10 kun 
muddatda tegishli iqtisodiyot va moliya organiga xabar qilinadi. 
(252-bandning birinchi xatbosh
isi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya 
vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) 
Da’vo qilish muddati tugagan budjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan 
deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan (xarajatlari amalga 
oshiriladigan) tegishli budjet daromadiga da’vo qilish muddati tugagan oydan keyingi 
oyning 10-kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak. 
Bunda, da’vo qilish muddati tugagan, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summalari 272 “Boshqa budjetdan tashqari 
daromadlar” subschyotida daromad sifatida aks ettiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
253. Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O‘zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan 
chiqariladi. 
(253-
band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-
iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) 
254. Debitorlar va kreditorlarni hisobda aks ettirish uchun schyotlar rejasida 
quyidagi schyotlar belgilangan: 
15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”; 
16 “Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”; 
17 “Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”; 
18 “Boshqa hisob-kitoblar”. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin