Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

Oldingi
 tahrirga qarang. 
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (bolalar bog‘chalari va yaslilarda) 
saqlanganligi; 
(260-
bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 
2020-yil 29-iyundagi 30-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-5, 29.07.2020-y.) tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/2169-5/1123-son) 
bolalarni musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi; 
tarbiyalanuvchilarni maktab-
internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida 
saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar; 
ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar va boshqa shu kabi hisob-kitoblar hisobi yuritiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
261. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlanganligi uchun ota-onalar 
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha pul hisoblab yozish bolalarning bog‘chaga 
kelishi hisobi olib boriladigan 305-
son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha tabel 
asosida (mazkur Yo‘riqnomaning 
52-ilovasi
) haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. To‘lovlar bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘langanda ota-onalarga 
to‘langanlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan 
summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning hisobvarag‘iga kirim qilinishi kerak. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab-internatlari va boshqa ta’lim 
muassasalarida bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi va to‘lov miqdorlari qonunchilikka 
muvofiq tartibga solinadi. 
(261-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 30-
sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-5, 29.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/2169-5/1123-son) 
262. To‘lovlar hisoblanganda 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyotning debetida va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Ota-onalardan kelib tushgan 
mablag‘larga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”subschyot 
kreditlanadi va 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan 
mablag‘lar” subschyot debetlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqarib olingan taqdirda oldindan 
to‘langan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti 
rahbarining ko‘rsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha ta’lim tashkiloti 
buxgalteriyasiga rahbarning ko‘rsatmasi va bolalarning bog‘chaga qatnashining hisobi 
olib boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi. 
(262-
bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 
2020-yil 29-iyundagi 30-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-5, 29.07.2020-y.) tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/2169-5/1123-son) 
Qay
tariladigan summa kassa orqali beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi, 
shuningdek naqd pulsiz hisob-
kitoblar yo‘li bilan ham qaytarilishi mumkin. Qaytarilgan 
summa 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga 
va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” subschyotning kreditiga yoki 110 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot 
kreditiga yoziladi. Bir vaqtning o‘zida 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyotning debeti va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning 
mablag‘lari” subschyotning krediti bo‘yicha storno provodkasi beriladi. 
263. Bolalarni saqlash yuzasidan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik 
hisobi 327-
son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalarni saqlanganligi uchun ularning 


ota-onalari 
bilan 
olib 
boriladigan 
hisob-kitoblar 
qaydnomasida 
(mazkur 
Yo‘riqnomaning 
53-ilovasi
) yuritiladi. 
327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-memorial order) 
bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha 
jamlanma qaydnoma tuziladi. 
264. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar 
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi, 110 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot yoki 
120 
“Milliy 
valyutadagi 
naqd 
pul 
mablag‘lari” 
subschyot 
debetlanadi. 
Tarbiyalanuvchilarning maktab-
internatda haqiqiy bo‘lgan kunlari uchun hisoblangan 
to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot 
debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” 
subschyot kreditlanadi. 
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir 
tarbiyalanuvchi 
bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar 
saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 
qaydnomasida yuritiladi. 
265. Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar 
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov summasiga 156 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim 
muassasalarida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib 
tushgan to‘lovlar summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” 
subschyot kreditlanadi va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari”, 110 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-
kitoblardan tushgan mablag‘lar” yoki 061 “Oziq-ovqat 
mahsulotlari” (to‘lov o‘rniga oziq-ovqat berilganda) subschyotlar debetlanadi. 
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son 
shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi. 
266. Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarida, shuningdek boshqa ta’lim 
muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim 
muassasalarida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib 
tushgan summalarga tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi 
va 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi. 
Analitik hisob har bir badal to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin