Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

Oldingi
 tahrirga qarang. 
267. Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan 
hisob-
kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan erda umumiy 
ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning xodimlariga to‘lov hisobiga 
ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik 
uchun hisob-kitob olib boriladi. 
(267-
bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 
2020-yil 29-iyundagi 30-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-5, 29.07.2020-y.) tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/2169-5/1123-son) 
Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda 156 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan 
oziq-
ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” 
subschyot kreditlanadi. 
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan 
to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi 


subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus 
turlariga doir hisob-
kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi. 
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi 
aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi 
ko‘rsatiladi. 
268. 15
9 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotida 
yuqorida keltirilmagan barcha hollar bo‘yicha debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar 
hisobi olib boriladi. 
Shuningdek, ushbu subschyotda shtatda turmagan tarkibga (kompozitorlarga, 
ar
tistlarga, mualliflarga) shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor 
va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam 
haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan 
pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinadi. 
269. Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning 
analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, 
shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) 
olib boriladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin