buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy
hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda);
pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va
sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar
rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan
hisob-
kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan
chiqarilish tartibi buzilganda;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
talablari buzilganda.
12. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani
ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora ko‘rishi uchun bu haqda
tashkilot rahbariga yozma axborot beradi.
13. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar)
lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh hisobchi
bilan kelishib hal qilinadi.
14. Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita
tashkilotning moliya-
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, xodimlarga mansab
maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va
farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
15. Tashkilot rahbari bosh hisobchiga ushbu Yo‘riqnomada, shuningdek, boshqa
normativ-
huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarishi hamda
huquqlaridan foydalanishida yordam berishga majbur.
Bosh hisobchiga o‘z majburiyatlarini bajargani hamda o‘z huquqlaridan
foydalangani uchun tazyiq o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.
16. Bosh hisobchining pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni
qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan
bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
17. Agarda, tashkilot rahbari tomonidan bosh hisobchiga ijro etishi uchun berilgan
farmoyish (buyruq) yuzasidan bosh hisobchi va tashkilot rahbari o‘rtasida ushbu
farmoyishni (buyruqni) buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga
yoki qonunchilikka muvofiqligi borasida ziddiyat (kelishmovchilik) yuzaga kelsa, bosh
hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni ijro etmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariga
mazkur holat yuzasidan asoslangan yozma axborot beradi.
Bosh hisobchi tomonidan yozma ravishda axborot berilishiga qaramasdan
tashkilot rahbari qayta yozma farmoyish (buyruq) bergan hollarda, bosh hisobchi ushbu
farmoyish (buyruq)ni bajaradi. Bund
a ushbu harakatning sodir bo‘lganligi uchun
javobgarlik to‘liq tashkilot rahbariga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: