Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

24 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar” schyoti 
318. 24 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo‘linadi: 
240 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar”; 
241 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar 
hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”; 
242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari”. 
319. 240 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga 
moliyav
iy natijalar” subschyotida to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar 
bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil 
oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablag‘lar bo‘yicha amalga oshirilgan haqiqiy 
xaraj
atlar aks ettiriladi, bunda 241 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar 
bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi. 
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘larini 
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyoti debetlanadi. 
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo‘yicha moliyaviy natijalar 281 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar 
bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan 
chiqariladi va subschyot bo‘yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
320. 241 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar 
hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan 
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarda saqlaganligi 
(o‘qitganligi) uchun ularning ota-onalari bilan hisob-kitoblardan tushadigan mablag‘lar 
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi. 
(320-
bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 
2020-yil 29-iyundagi 30-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-5, 29.07.2020-y.) tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/2169-5/1123-son) 
Ushbu mablag‘lar bo‘yicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 241 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga 
oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-
kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 241 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga 
oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan barcha haqiqiy xarajatlar 
240 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalar” subschyotning debetiga yozib hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi. Yil oxirida 
241 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga 
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotda qoldiq qolmaydi. 
Xarajatlarning analitik hisobi har bir xarajat turi va mod
dalari bo‘yicha alohida 
holda yuritiladi. 
321. 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” 
subschyotida ota-
onalardan bolalarni ta’lim muassasalarida saqlaganlik uchun 
hisoblangan mablag‘lar hisobi yuritiladi. 


Yil mobaynida hisoblang
an badal summalariga 242 “Ta’lim muassasalarida 
hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi va 156 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyot debetlanadi. Yil oxirida 242 “Ta’lim 
muassasalarida hisoblangan ota-onalarn
ing mablag‘lari” subschyot bo‘yicha barcha 
hisoblangan mablag‘lar 240 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyot debetiga hisobdan chiqarish yo‘li bilan yopiladi. 
242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot bo‘yicha 
yil oxirida qoldiq qolmaydi. 
Bu subschyot bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-
kitoblar daftarida yuritiladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin