soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” subschyoti debetlanadi va 251
“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Qolgan barcha haqiqiy xarajatlar 251 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-
kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”
subschyotning kreditida va 250 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt
mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyoti debetida aks ettirish yo‘li
bilan yopiladi.
Yil oxirida 251 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan
tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”
subschyotda qoldiq
qolmaydi.
325. 252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha
daromadlar” subschyotida ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan
tushadigan daromadlarning hisoblanishi aks ettiriladi.
326. O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha mablag‘larning hisoblanishi 175
“Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 252 “Ta’lim
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar”
subschyotning kreditida, mablag‘larning kelib tushishi 111 “Ta’lim muassasalarida
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotning debetida va 175
“Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
327. Yil oxirida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha barcha hisoblangan
tushumlarnin
g hisobdan chiqarilishi 250 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-
kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetida va
252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar”
subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Yil oxirida 252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari
bo‘yicha daromadlar” subschyot bo‘yicha qoldiq qolmaydi.
328. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlarning analitik hisobi talabalarning kurslari (bosqichlari), fakultetlar (dekanatlar,
o‘qish yo‘nalishlari),
guruhlar, shuningdek talabalar (familiyasi, ismi, otasining ismi)
bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: