42. Buxgalteriya hisobi registrlari va boshqa buxgalteriya hujjatlarini arxivga
topshirish muddatlari va tartibi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
43. Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registlari, moliyaviy hisobotlarni saqlashni,
ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirishni bosh hisobchi ta’minlaydi.
44. A
sosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro‘yxati AV-10
son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar
(mazkur Yo‘riqnomaning
18
,
19
va
20-ilovalari
) bo‘yicha oxirgisining ham hisobdan
chiqqanligi haqida belgi bo‘lgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu ro‘yxatsiz arxivga
topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan
inventarning nomi ko‘rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi.
45. Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy
hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjatlaridan, ular olinganidan so‘ng
keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.
Har oy tugagandan keyin analitik hisob registrlarida aylanmalarning jami
hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi.
46. Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar
quyidagi tartibda tuzatiladi:
balans topshirgunga qadar shu hisobot davrida aniqlangan, memorial order
ma’lumotlarining o‘zgarishini talab qilmaydigan xatolar ana shu xato yozilgan yozuv yoki
matnning ustidan ingichka chiziq b
ilan o‘chiriladi (o‘chirilgan yozuvni o‘qish mumkin qilib)
va uning ustiga yangi, to‘g‘ri matn (yozuv) yoki summani yozib qo‘yish yo‘li bilan tuzatiladi.
Bir vaqtning o‘zida tegishli qator chetidagi hoshiyaga bosh hisobchining imzosi bilan
“Tuzatilgan” deb izoh beriladi va sanasi ko‘rsatiladi;
balans topshirish vaqtiga qadar memorial orderga o‘tib ketgan xato yozuv uning
xarakteriga qarab qo‘shimcha memorial order bilan yoki “Storno” usulida tuziladi;
balans topshirilgan hisobot davridagi hisob registrlari yozuvlarida aniqlangan
xatolar ham mazkur bandning
uchinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan usulda tuzatiladi. Xatoni
tuzatishga doir qo‘shimcha yozuvlar, shuningdek “Storno” usuli bilan qilinadigan
tuzatishlar mazkur xato aniqlangan hisobot davrida tuzilgan memorial orderlar bilan
rasmiylashtiriladi. Bu memorial orderlar odatdagi rekvizitlardan tashqari, mazkur
memorial order bilan tuzatiladigan memorial orderning raqami va sanasiga ishora qilinadi.
Mazkur memorial orderni tuzish uchun 433-
son shakldagi buxgalteriya ma’lumotnomasi
(mazkur Yo‘riqnomaning
21-ilovasi
) asos bo‘lib xizmat qiladi.
47. Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini
nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har bir guruhi bo‘yicha aylanma
qaydnomalar (M-44-
son shakldagi material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-
son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-
son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha
aylanma qaydnoma) (mazkur Yo‘riqnomaning
22
,
23
va
24-ilovalari
) tuziladi. Aylanmalar
jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl
“Bosh-jurnal kitobi”dagi mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har
oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi.
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har chorakda
tuziladi. 326-
son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar kerak bo‘lgan hollarda bir
necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin.
48. Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil boshiga qoldiq
summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to‘la mos
ravishda yoziladi.
Dostları ilə paylaş: