Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


V bob. Balansdan tashqari schyotlar



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

V bob. Balansdan tashqari schyotlar 
360. Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga 
qarashli bo‘lmagan moddiy qimmatliklar (ijaraga olingan asosiy vositalar, javobgarlikda 
saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun olingan moddiy 
qimmatliklar), shuningdek, qat’iy 
hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yo‘llanmalar va boshqalar 
hisobga olinadi. 


361. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. 
Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar, 
shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy 
qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi. 
362. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisob
ining to‘g‘ri yuritilishini 
ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda qo‘shimcha balansdan tashqari schyotlarni 
qo‘llashlariga ruxsat etiladi. 
363. Ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olish uchun tashkilotlarda quyidagi balansdan 
tashqari schyotlar qo‘llanadi: 
01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar”; 
02 “Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar”; 
04 “Qat’iy hisobot blanklari”; 
05 “Ishonchsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi”; 
06 “Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar”; 
07 “O‘quvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar bo‘yicha 
qarzlari”; 
08 “Ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari”; 
09 “To‘lanmagan yo‘llanmalar”; 
10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari”; 
11 “Harbiy texnikalarning o‘quv predmetlari”; 
12 “Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari”. 
364. 01 “Ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida boshqa tashkilotlardan 
shartnoma bo‘yicha ijaraga olingan asosiy vositalar shartnomada nazarda tutilgan 
qiymatda hisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik hisobi ijaraga 
beruvchilar va asosiy vositalarning obyektlarini ijaraga oluvchilarda ijaraga 
beruvchilarning inventar raqamlari bilan 296-son shakl daftarida yuritiladi. 
365. 02 “Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar” schyotida tashkilot 
tomonidan javobgarlikda saqlash uchun qabul qilingan mol va moddiy qimmatliklar 
hisobga olinadi. Ularga shartnoma bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik 
ishlarini bajarish uchun olingan maxsus jihozlar ham kiradi. Javobgarlikda saqlash uchun 
olingan mol va moddiy qimmatliklarning analitik hisobi tashkilotlar, bu moddiy 
qimmatliklarning egalari, turlari, navlari va saqlanadigan joylari bo‘yicha shartnomada 
ko‘rsatilgan yoki xarid qilingan narxlarda yuritiladi. 
Bu schyotda, shuningdek, qayta ishlash uchun olingan xomashyo va materiallar 
shartnomalarda ko‘zda tutilgan narxlarda hisobga olinadi. Analitik hisob buyurtmachilar, 
materiallarning turlari va turadigan joylari bo‘yicha 296-son shakl daftarida olib boriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
366. 04 “Qat’iy hisobot blanklari” schyotida saqlanayotgan va hisobot berish 
sharti bilan beriladigan qat’iy hisobot blankalari (kvitansiya daftarchalari, attestatlar, 
diplomlar, guvohnoma blankalari va h. k.lar.) vazirliklar, qo‘mitalar va idoralar tomonidan 
tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha hisobga olinadi. 
(366-
bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya 
vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) 
Qat’iy hisob blankalarining analitik hisobi blankalarning turlari va saqlanadigan 
joyi bo‘yicha 448-son shakldagi qat’iy hisobot blankalari hisobga olinadigan daftarda 
yuritiladi. 
367. 05 “Ishonchsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi” schyotida 
to‘lashga qodir bo‘lmagan debitorlarning qarzi qarzdorlarning mulkiy holati o‘zgargan 
taqdirda undirish imkonini kuzatish uchun qonunchilikda belgilangan muddat davomida 
hisobga olib boriladi. Ushbu qarzni uzish uchun olingan summalar bu schyotdan 
o‘chiriladi va budjet mablag‘lari hisobidan yuzaga kelgan undirilgan debitorlik qarzlar 


tegishli budjet daromadiga, budjetdan tashqari 
mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan 
undirilgan debitorlik qarzlar summasi esa, tashkilotning daromadiga olinadi. 
Analitik hisob 292-son shakldagi daftarda qarzdorning familiyasi, ismi va 
otasining ismi (tashkilotning to‘liq nomi) ko‘rsatilgan holda yuritiladi. 
368. 06 “Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar” 
schyotida yuqori tashkilot tomonidan respublika yoki mahalliy budjetdan to‘langan va o‘z 
qaramog‘idagi tashkilotlarga jo‘natilgan mol-mulk va moddiy qimmatliklar hisobga olinadi. 
Yuqori tashkilot mol-
mulk qabul qilib oluvchi tashkilotdan ko‘rsatilgan qimmatliklar uning 
hisobida aks ettirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin ular hisobdan 
o‘chiriladi. 
06 “Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar” 
schyotining analitik hisobi 322-
son shakldagi markazlashgan tartibda to‘langan moddiy 
qimmatliklar hisobi daftarida (mazkur Yo‘riqnomaning 
62-ilovasi
) har bir mol-mulk qabul 
qilib oluvchi muassasalar bo
‘yicha yuritiladi. 
369. 07 “O‘quvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar bo‘yicha 
qarzlari” schyotida o‘quvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan ust-bosh, ich 
kiyimlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qimmatliklar yuzasidan qarzi hisobga 
olinadi. Ta’lim muassasasidan chiqarilgan o‘quvchilar va talabalar hisobida turgan moddiy 
qimmatliklarni ta’lim muassasasi balansidan o‘chirish ularning o‘quv yurtidan 
chiqarilganligi haqidagi buyruqqa asosan amalga oshiriladi. 
O‘quvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan moddiy qimmatliklar 
balansdan tashqari hisobda hisobga olinadi va belgilangan tartibda undirib olishga 
qo‘yiladi. 07 schyot bo‘yicha analitik hisob har bir o‘quvchi va talaba bo‘yicha 292-son 
shakl daftarida olib boriladi. 
370. 
08 “Ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari” schyotida tashkilotlar turli 
tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan va ulardan g‘olib komandalarni mukofotlash uchun 
olinadigan ko‘chma sovrinlarni, bayroqlarni, kuboklarni hisobga oladilar. Sovrinlar, 
bayroqlar, k
uboklar ushbu tashkilotda bo‘lgan davr mobaynida hisobga olinadi. Analitik 
hisob har bir predmet va uning qiymati bo‘yicha 296-son shakl daftarida yuritiladi. 
371. 09 “To‘lanmagan yo‘llanmalar” schyotida jamoat, kasaba uyushma va 
boshqa tashkilotlardan tek
inga olingan yo‘llanmalar hisobga olinadi. Yo‘llanmalar 
kassada pul hujjatlari bilan teng sharoitda saqlanishi kerak. Analitik hisob 
yo‘llanmalarning turlari, miqdori va nominal qiymati bo‘yicha 296-son shakl daftarida 
yuritiladi. 
372. 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi 
inventar va xo‘jalik jihozlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati to‘liq 
haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetiga olib boriladi va bir 
vaqtning o‘zida 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi. 
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz holga kelganda 
ularning qiymati 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotidan tegishli 
tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida hisobdan 
chiqariladi. 
Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash 
maqsadida 10 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyoti bo‘yicha analitik 
hisob 296-
son shakldagi daftarda foydalanuvchilar va tashkilotning bo‘linmalari bo‘yicha 
alohida holda yuritiladi. 
373. 11 “Harbiy texnikalarning o‘quv predmetlari” schyotida tirlarda, sport 
otishmalarida, ta’lim muassasalarining harbiy fan va boshqa xonalaridagi barcha turdagi 
jihoz va predmetlar hisobga olinadi. Bu predmetlarning analitik hisobi ularning nomlari, 
turarjoylari, moddiy javob
gar shaxslar bo‘yicha 296-son shakldagi daftarda olib boriladi. 


374. 12 “Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari” 
schyotida eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining motorlari, 
akkumulyatorlari, shinalari va boshqa ehtiyot qismlarining hisobi 296-son shakldagi 
daftarda oluvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, olgan sanasi va boshqa 
zaruriy rekvizitlarni ko‘rsatgan holda yuritiladi. 
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
yo‘riqnomaga
 
1-ILOVA 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin