asbob-uskunalar bilan jihozlash,
rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash
ishlari olib borilishi
tufayli to‘liq to‘xtatilgan hollar bundan mustasno.
120. Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga
oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirish hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib
ketishi mumkin emas.
121. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi
va hisobotlarda asosiy
vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli
tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga
eskirishning umumiy summasi o‘zgarishi mumkin.
122. Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar
(kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy
vositalar tugatilayotganda yoki boshqa
tashkilotga berilayotganda, shuningdek
obyektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda o‘zgartirilayotgan bo‘lsa, asosiy
vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to‘liq eskirish
summasi alohida inventar obyektlari bo‘yicha aniqlanadi.
123. Avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga
berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning
dastlabki (tiklanish)
qiymat
i va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda
hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa tashkilotlardan beg‘araz olingan va avval foydalanishda bo‘lgan asosiy
vositalar-inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya
hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 “Asosiy
vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish)
qiymatidan eskirishini
ayirgan holda 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyoti krediti hamda
beruvchi tashkilotlarning
hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga 02 “Asosiy vositalarning eskirishi”
schyotining tegi
shli subschyotlari krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda bo‘lgan obyektlar
bo‘yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi.
124. Kelgusida foydalanishga yaroqli bo‘lgan alohida obyektlar qiymatining 100
foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning to‘liq eskirish hisoblanganligi sababli
hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
125. Tashkilotlar asosiy vositalarig
a eskirish hisoblash me’yorlari qonunchilikka
muvofiq amalga oshiriladi.
126. 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga
bo‘lingan holda aks ettiriladi:
020 “Turarjoy imoratlarning eskirishi”;
021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
022 “Inshootlarning eskirishi”;
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
025 “Transport vositalarining eskirishi”;
029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi,
debet
tomonida esa, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga asosiy vositaning kirim qilish
manbasidan hamda operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni
hisobga olu
vchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debeti bo‘yicha va 02-
schyotning tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha alohida memorial order (274-shakl)
tuziladi.
Dostları ilə paylaş: