Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” schyoti



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” schyoti 


127. Bu schyotda tashkilotlar o‘zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish, 
ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalanish maqsadida uzoq muddat 
mobaynida tutib turiladigan, moddiy-
ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk 
obyektlari bo‘lgan nomoddiy aktivlarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlar 
umumlashtiriladi. 
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilish va ularga 
nisbatan qo‘yiladigan talablar qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi. 
128. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi: 
ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng yaratilgan obyektni qabul qilish-topshirish; 
oldi-
sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish; 
beg‘araz kelib tushish; 
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyektlarini aniqlash; 
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko‘ra. 
129. Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy 
aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan 
barcha xarajatlarining to‘liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib 
berish va o‘rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan 
holda kiritiladi. 
Juml
adan, sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi 
xarajatlardan tashkil topadi: 
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi 
(sotuvchi)ga to‘langan summalar; 
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan 
amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa 
shunga o‘xshash to‘lovlar; 
bojxona bojlari va yig‘imlari; 
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun 
to‘langan summalar; 
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar; 
nomoddiy aktivlar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash 
bo‘yicha xarajatlar; 
aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan 
bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, sotib olish 
bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda 
aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy 
aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida 
haqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi. 
Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning 
boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy 
xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. 
130. Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib 
olinayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish 
yo‘li bilan aniqlanadi. 
131. Sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek 
yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlar) hisobda 080 “Nomoddiy aktivlarga 
xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” 
schyotining tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. Nomoddiy aktivlarning dastlabki 


qiymati bo‘yicha kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetiga va 080 
“Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi. 
132. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz olingan nomoddiy aktivlar 
hisobda mazkur nomoddiy aktivning buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan 
tartibda aniqlangan joriy bo
zor qiymati bo‘yicha 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” 
subschyotining debetiga va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 
bo‘yicha daromadlar” subschyotining kreditiga yoziladi. Agarda, ushbu nomoddiy aktiv 
bo‘yicha yetkazib berish va ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga 
oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur nomoddiy aktivning qiymatini oshiradi va 
hisobda 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining debetiga va 15 “Turli debitor 
va kreditorlar bilan hisob-
kitoblar” yoki boshqa tegishli schyotlarning subschyotlari 
kreditiga yoziladi. Nomoddiy aktivning qiymati bo‘yicha kirim qilinishi 030 “Nomoddiy 
aktivlar” subschyotining debetiga va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining 
kreditiga yoziladi. 
133. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy 
aktivlar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash nomoddiy 
aktivlarning bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda 
baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), 
belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 030 
“Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha 
chiqqan mol-
mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
134. Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda 
aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda 
hisobdan chiqariladi. 
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan 
chiqariladi: 
tugatish; 
sotish; 
beg‘araz berish; 
kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi; 
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. 
135. Yaroqsiz holatga kelishi munosabati bilan nomoddiy aktivlarning qiymatining 
hisobdan chiqarilishi 030 subschyotning kreditiga va nomoddiy aktivning kirim qilish 
manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 
yoki 271 subschyotlarning debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi. 
136. Tashkilotlar tomonidan nomoddiy aktivlarning beg‘araz berilishi hisobda 030 
subschyotning kreditida va nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan 
holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning 
debetida aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda asosiy vositalarni hisobdan 
chiqarishda to‘ldiriladigan hujjat shakllaridan foydalaniladi. 
137. Nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi qonunchilikka muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan 
yoki moddiy-
javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan 
nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib 
boriladi va buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 030 
subschyotning kreditida va ushbu nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib 
chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 
subschyotlarning debetida aks ettiriladi. 
138. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va 
agarda nomoddiy aktiv budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bo‘lsa yoki xarid 


qilingan manbasini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa 
qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
kam chiqqan nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 030 
subschyotning kreditida va ushbu nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib 
chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 
subschyotlarning debetida; 
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 
170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga 
to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida; 
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir 
hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida; 
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
budjet bilan hisob-
kitoblar” subschyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
subschyotlarning kreditida aks ettiriladi. 
139. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda 
(agarda nomoddiy aktiv budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilingan bo‘lsa), 
aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari 
bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
kam chiqqan nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 030 
subschyotning kreditida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining 
debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur nomoddiy aktivning qiymati va moddiy javobgar 
shaxs hisobiga olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 
subschyotning debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” 
subschyotining kreditida (yoki nomoddiy aktivning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan 
holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning 
debetida) aks ettiriladi; 
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 subschyotning kreditida 
aks ettiriladi. 
140. Agarda nomoddiy aktiv budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga 
sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa nomoddiy aktiv qiymatidagi 
budje
t va budjetdan tashqari mablag‘larning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, 
mablag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning 
budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va to‘lig‘icha moddiy-
texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi. 
141. Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot 
ixtiyoriga bergan nomoddiy aktivi kamomad chiqqan nomoddiy aktiv qiymatiga teng yoki 
kam bo‘lsa, ushbu nomoddiy aktiv belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, 
yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish 
bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda aks 
ettiriladi. 
142. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish hisoblab yozilmaydi. Analitik hisob AV-
6-son shakldagi inventar kartochkada hamda 326-
son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha 
aylanma qaydnomada yuritiladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin