(inshootlar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) erni yaxshilashga doir kapital qo‘yilmalar,
kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladigan, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun
erning ustki qismini yaxshilashga doir madaniy-texnikaviy tadbirlar (yer
uchastkalarini
rejalashtirish, maydonlarni haydovga tayyorlash uchun kundakov qilish, dalalarni toshlar
va xarsanglardan tozalash, suv havzalarini tozalash va boshqalar)ga oid kapital
xarajatlar
aks ettiriladi.
Mazkur xarajatlar
ning amalga oshirilishi 040 “Yerni obodonlashtirish”
subschyotining debetida va 15, 16, 17 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari
kreditida aks ettiriladi.
Har yili hisobot yilining oxirida mazkur xarajatlarning 10 foizi miqdoridagi summa
haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi.
Bunda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi (ushbu xarajatlarni amalga oshirish
manbasidan kelib chiqqan holda) 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini
debetida va
040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
3-
§. Tovar-moddiy zaxiralar
145. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarda
tashkilotga tegishli
bo‘lgan va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl
mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish-
ta’mirlash materiallari, oziq-
ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va yem-xashak, tara (idish)lar, qishloq
xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva
mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida
bo‘lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan
materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-
tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va boshqalar hisobga olinadi.
146. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
barcha moddiy qimmatliklarning butligini ta’minlash hamda ishlatilishi va to‘g‘ri
foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
zaxiralar va xarajatlarning belg
ilangan me’yorlarini kuzatib borish;
belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan
materiallarni o‘z vaqtida aniqlash;
tashkilot omborlarida mavjud bo‘lgan qoldiqlar haqida aniq ma’lumotlar olish va
h.k.
147. Tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash
va topshirish javobgarligi
tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi.
Bu shaxslarning almashinishi omborlarning inventarizatsiyasi va tashkilot rahbari
tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga
oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylari tosh-
tarozu jihozlari, o‘lchov asboblari,
o‘lchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan ta’minlanishi lozim.
148. Tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:
yetkazib berish (oldi-
sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;
beg‘araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
149. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi
bo‘yicha kiritiladi, u xarid qiymati (yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summalar) va ularni
xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
150. Tovar-moddiy
zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
va ularning
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
bojxona bojlari va yig‘imlari;
tovar-
moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va boshqa majburiy
to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
tovar-
moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va vositachi
tashkilotlarga to‘lanadigan vositachilik haqi;
tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar;
tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish
joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-
tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport
bilan ularni joriy
joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to‘lash bo‘yicha xarajatlar,
shu jumladan tovar-
moddiy zaxiralarni tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha
xarajatlardan tashkil topadi;
tovar-
moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa
xarajatlar.
Xarid qilingan tovar-
moddiy zaxiralarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar
(akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy
z
axiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha
komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-
moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha
kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda
aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy
zaxiralarning
tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida haqiqiy
xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
151. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid q
ilish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga
kelishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.
152.
Transport-
tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-
moddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov
xarajatlari tegishli bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: