Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


- §. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

4-
§. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar 
188. Mazkur bo‘limda quyidagi schyotlar bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarga 
qo‘yilmalar hisobi keltiriladi: 
07 “Asosiy vositalarga qo‘yilmalar”; 
08 “Nomoddiy aktivlarga qo‘yilmalar”; 
09 “Boshqa nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar”. 
07 “Asosiy vositalarga qo‘yilmalar” schyoti 
189. Bu schyotda tashkilotlarning asosiy vositalarga qo‘yilmalari quyidagi 
subschyotlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi: 
070 
“O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar”; 
071 “Tugallanmagan qurilish”; 
072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar”. 
190. 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotida 
qurilayotgan (ta’mirlanayotgan) obyektlarda o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va montajni 
talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, 
laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan asbob uskunalar) 
hisobga olinadi. 
Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalar
ga ularning qismlari yig‘ilganidan so‘ng 
va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar o‘rtasidagi ustunlarga va boshqa bino va 
inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan so‘ng ishga tushiriladigan 
ko‘tarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari 
kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-
o‘lchov apparatlari yoki 
o‘rnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yig‘ish-o‘rnatish uchun mo‘ljallangan boshqa 
asboblar kiradi. 
191. Ushbu subschyotda montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport 
vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, 
ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, o‘lchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. 
Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni tegishlicha asosiy vositalar tarkibida aks 
ettiriladi. 
192. O‘rnatiladigan asbob-uskunalar tashkilotga ushbu qiymatliklarni yetkazib 
berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil 
topadigan h
aqiqiy xarid qilish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. 


O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi hisobda 070 “O‘rnatish uchun 
mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 15 “Turli debitor va kreditorlar 
bilan hisob-
kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi. Beg‘araz 
olingan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar esa, 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-
uskunalar” subschyotning debetida va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi 
mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. 
193. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning inventarizatsiyasi qonunchilikka 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning 
kirim qilinishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning 
debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining 
kreditida aks ettiriladi. 
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan 
yoki moddiy-
javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan 
o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot 
hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning 
qiymatini 
hisobdan chiqarilishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” 
subschyotning kreditiga va ushbu o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish 
manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 
va 271 subs
chyotlarning tegishlisini debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi. 
194. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va 
agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bo‘lsa 
yoki xarid qilingan manb
asini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan 
undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga 
o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 
070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotining kreditida va ushbu 
o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy 
xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini 
debetida; 
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 
170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga 
to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida; 
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir 
hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida; 
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
budjet bilan hisob-
kitoblar” subschyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
subschyotlarning kreditida aks ettiriladi. 
195. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda 
(agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid 
qilingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari 
mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: 
kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 
070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning kreditida va 170 
“Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda, 
mazkur 
o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga 
olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 “Kamomadlarga 
doir hisob-
kitoblar” subschyotining debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan 
tashqar
i daromadlar” subschyotining kreditida (yoki o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning 


sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 
241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi; 
aybdor shaxs tomonidan 
kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir 
hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
196. Agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjet va budjetdan tashqari 
m
ablag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa 
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning 
ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib 
ber
iladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga 
kirim qilinadi va to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 
sarflanadi. 
197. Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot 
ixtiyoriga bergan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarining qiymati kamomad chiqqan 
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu o‘rnatiladigan 
asbob-uskunalar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan 
qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va 
buxgalteriya hisobida mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi. 
198. Montaj qilish uchu
n berilgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar hisobda 071 
“Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va 070 “Kamomadlarga doir hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
199. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq 
amalga oshiriladi. 
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash — ularning tiklash qiymatini 
hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan 
aniqlashtirishdir. O‘rnatiladigan asbob-uskunalar qayta baholash natijasida hisob va 
hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. 
200. Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining 
oshishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 
moliyaviy natijalarning oshishi mazkur o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish 
manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-
schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi. 
Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining kamayishi 
070-
subschyotning kreditida va moliyaviy natijalarning kamayishi mazkur o‘rnatiladigan 
asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy 
natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi. 
201. Bu subschyot bo‘yicha analitik hisob jihozlar, konstruksiyalar va detallarning 
turi, miqdori va qiymati bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-
qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi 
202. 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik 
usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-
kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, 
asboblar, inventarl
ar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi. 
Agar qurilish xo‘jalik usulida olib borilayotgan bo‘lsa, qilingan xarajat summalariga 
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va pul mablag‘lari, hisob-kitoblar, 
qurilish m
ateriallari va o‘rnatiladigan jihozlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar 
bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning tegishli subschyotlari kreditlanadi. 
Agar qurilish pudrat usulida olib borilayotgan bo‘lsa, u holda pudratchilar 
tomonidan qurilish i
shlari bajarilgandan so‘ng to‘lov uchun taqdim qilingan hisobvaraqlar 
(schyotlar) summasiga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va 150 “Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” subschyoti kreditlanadi. 


Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari dalolatnomalar 
asosida 01 schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 071 “Tugallanmagan qurilish” 
subschyotining kreditiga yoziladi. 
Bitkazilmagan hamda bitkazilib, lekin foydalanishga topshirilmagan (tegishli 
qabul qilish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilmagan) qurilish obyektlari va 
rekonstruksiyalar bo‘yicha xarajatlar 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha 
keyingi yil balansiga o‘tkaziladi. 
Tugallanmagan qurilish obyektlarining sotilishi (chet elda joylashganlaridan 
tashqari) 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va ushbu obyektni 
qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 
251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi. 
203. Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining oshishi 071 
“Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va moliyaviy natijalarning oshishi 
mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy 
moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks 
ettiriladi. 
Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining kamayishi esa, 
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va moliyaviy natijalarning 
kamayishi mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan 
holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari 
debetida aks ettiriladi. 
204. Xo‘jalik usulida amalga oshirilayotgan qurilishga 071 “Tugallanmagan 
qurilish” subschyot bo‘yicha qilingan xarajatlarning analitik hisobi xarajat elementlari (ish 
haqi, materiallar, boshqa bevosita sarflar va ustama xarajatlar)ga bo‘lingan holda har bir 
obyekt bo‘yicha alohida yuritiladi. 
Pudrat usulida amalga oshirilayotgan qurilishga qilinayotgan xarajatlarning hisobi 
faqat obyektlar bo‘yicha (elementlarga bo‘linmagan holda) yuritiladi. 
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha analitik hisob qurilish ishlari 
xo‘jalik yoki pudrat usulida olib borilishidan qat’i nazar, budjet va budjetdan tashqari 
mablag‘larning sarfi bo‘yicha alohida holda olib boriladi. 
205. 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotida asosiy vositalarni 
xarid qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va yig‘ish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga 
olinadi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo‘yicha (sotib olish va boshqa qo‘shimcha 
xarajatlarni hisobga olgan holda) kirim qilinishi 01 schyotning tegishli subschyotlari 
debetida va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditida aks 
ettiriladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin