konstruktorlik ishlarini bajarishga doir xarajatlar, eksperimental qurilishlarni tayyorlash
xarajatlari, shuningdek, boshqa bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan
xarajatlar hisobga olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda ishlar bajarishga qilinadigan
xarajatlar va ularning tannarxini shakllantirish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-
son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
209. Oldindan (ijara, abonent to‘lovi va h.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor
summasining ortiqcha xarajatlari uchun to‘lovlar va boshqalar)
tashkilot xarajatlari
mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga ularning to‘langan muddatidan qat’i nazar qaysi
davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida kiritiladi.
210. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debeti bo‘yicha
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar, shuningdek, yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar aks ettiriladi.
Mazkur xarajatlar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning
debetiga
tovar-
moddiy zaxiralar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditidan hisobdan
chiqariladi. Taqsimlanadigan xarajatlar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar”
subschyotning debetiga 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotining kreditidan
hisobdan chiqariladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kelgusida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan chiqindilarning
kirim qilinishi 06 “Boshqa tovar-moddiy zaxiralar” va boshqa
schyotlarning tegishli
subschyotlari debetida va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti kreditida
aks ettiriladi.
(210-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-
sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan
to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-
2/0925-son)
211. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotining debetida
tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarxi
aks ettiriladi. Ushbu summalar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotdan 050
“Tayyor mahsulot” subschyoti yoki 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi”
subschyotining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
212. 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti bo‘yicha oy oxiridagi
qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi. Analitik hisob
xarajatlarning t
urlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha 292-son
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) yuritiladi (mazkur
Yo‘riqnomaning
44-ilovasi
).
213. 091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar”
subschyotida tovar-
moddiy zaxiralarni xarid qilish va yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga
olinadi.
Ushbu subschyot debetiga tovar-moddiy zaxiralarning hisob bahosi olib boriladi.
Bunda, u yoki bu qimmatliklar qayerdan kelib tushganligi va tashkilotda materiallarni
tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga ko‘ra 15 “Turli debitor va kreditorlar
bilan hisob-
kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari bilan bog‘langan holda yozuvlar
amalga oshiriladi.
091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga xarid
qilingan qimmatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisoblangan