Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


II bob. Moliyaviy aktivlar



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

II bob. Moliyaviy aktivlar 
214. Tashkilotlar bu bobning schyotlarida budjet bo‘yicha (tasdiqlangan xarajatlar 
smetasiga asosan) moliyalashtirilgan mablag‘larni, kassa va budjet (budjetdan tashqari) 
hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larining harakatini hamda akkreditivlar, pul ekvivalentlarini, 
chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oladilar. 
215. Ushbu bobda keltirilgan schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va 
ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada 
— so‘mda, chet el valyutasini operatsiya 
amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda 
ko‘rsatilgan sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta 
hisoblash orqali hisobga olinadi. 
216. Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar 
belgilangan: 
10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari”; 
11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar”; 
12 “Kassa”; 
13 “Boshqa pul mablag‘lari”; 
14 “Moliyaviy qo‘yilmalar”. 
217. 
Pul mablag‘larini inventarizatsiya qilinishi qonunchilikka muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablag‘lari (pul ekvivalentlaridan 
tashqari) tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va hisobda pul mablag‘lari 
bel
gilangan tartibda kirim qilinishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar 
debetida va 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining 
kreditida aks ettiriladi. 
Ushbu pul mablag‘larini tegishli budjet daromadlariga o‘tkazib berilganda 160 
“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi. 
218. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablag‘larining kamomadi moddiy 
javobgar shaxslardan undirilib, belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha 
aks ettiriladi: 
aniqlangan pul mablag‘lari kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs hisobiga 
olib borilganda 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditida; 
kamomad summasi moddiy-
javobgar shaxsdan undirilganda pul mablag‘larini 
hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” 
subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
Bunda, kirim qilingan pul mablag‘lari qat’iy tartibda belgilangan maqsadga 
sarflanadi. 
219. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul ekvivalentlari belgilangan 
tartibda kirim qilinadi va hisobda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining debetida va 273 
“Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks 
ettiriladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin