Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


I bo‘lim. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

I bo‘lim. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish 
1. Budjet tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) budjet va 
budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha buxgalteriya hisobini (keyingi o‘rinlarda 
buxgalteriya hisobi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida” gi 
Qonuniga
, ushbu Yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga 
muvofiq tashkil qiladilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2. Tashkilotlarda buxgalteriya hisobi mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq buxgalteriya 
hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi. Vazirliklar, qo‘mitalar va idoralar, 
shuningdek, ularning tizimidagi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya 
vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib 
borishlari mumkin. 
(2-
band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-
iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
2
1
. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida buxgalteriya hisobi 
bo‘ysunuvidagi quyi muassasalar kesimida alohida mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq 
yuritiladi. 
(2
1
-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-
sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son) 
3. Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda 
to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-
kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining 
saqlanishini ta’minlanishi shart. 
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari, buxgalteriya 
xizmatining rahbarlari (keyingi o‘rinlarda bosh hisobchi deb yuritiladi) o‘zlarining tizimidagi 
tashkilotlarda buxgalteriya hisobining yuritilishini va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri 
tuzilishini muntazam nazorat qilib turadilar (agar qonunchilikda boshqacha qoidalar 
nazarda tutilmagan bo‘lsa). 
4. Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy 
bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron-bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi 
taqiqlanadi. 
5. Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya 
hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, agar 
qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqori tashkilot bosh 
hisobchis
iga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, 
moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda ushbu Yo‘riqnoma, 
shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga 
javobgar 
bo‘ladi. 
6. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim 
uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab 
taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga 
qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi. 
7. Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida 
belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan komissiya 
tomonidan qabul qilish 
— topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini 
ko‘rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish — topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma 
tuziladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin