Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuqoridagi mablag‘larning kelib tushishi 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg‘armasi mablag‘lari” subschyotining debetida va 10, 12, 15, 23 va boshqa 
schyotlarning tegishli subschyotlari kreditiga yoziladi. 
(231-
bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 
2018-yil 1-martdagi 45-sonli
 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son) 
Mablag‘larning sarflanishi esa, 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi 
mablag‘lari” subschyotining kreditida va hisob-kitoblar va boshqa tegishli 
subschyotlarning debetida aks ettiriladi. 
232. 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning 
eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va 
penyalardan hamda boshqa qonunchilikd
a taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari 
hisobga olinadi. 
Mazkur subschyotga kelib tushgan summalar 113 “Boshqa budjetdan tashqari 
mablag‘lar” subschyotining debetiga va 12, 15 va boshqa schyotlarning tegishli 
subschyotlari kreditiga yoziladi. 113 “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar” 
subschyotining kreditiga hisobvaraqdan naqd pul to‘lamasdan qilinadigan hisob-kitoblar 
yo‘li bilan to‘langan summalar, hamda tashkilot kassasiga naqd olingan summalar aks 
ettiriladi. Bunda 12, 13, 15 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari debetlanadi. 
233. 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” 
subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar 
bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarg
a o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 
mablag‘lar hisobga olinadi. 
Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan summalar 114 “Budjet tashkilotining 
vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” subschyotining debetida va 155 “Budjet 
tashkilotining ixtiyorida vaqtinch
a bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar” 
subschyotining kreditida aks ettiriladi. Belgilangan shart uchun berilgan yoki o‘tkazib 
berilgan summalar 114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” 
subschyotining kreditida va 15
5 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan 
mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. 
Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-
kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 
234. 115 “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotida chet el valyutasi bo‘yicha 
operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el 
valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. 
Tashkilot tomonidan budjet yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan chet el 
valyutasini sotib olishda 115 “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotining debeti va 10, 11 
schyotlarning tegishli subschyotlari va boshqa pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
subschyotl
ar krediti bo‘yicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiradilar. Aksincha, 
chet el valyutasini milliy valyutaga sotishda esa, 10 va 11 schyotlarning tegishli 
subschyotlari va boshqa pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debeti va 115 
“Valyuta hisobvarag‘i” subschyot krediti bo‘yicha buxgalteriya provodkasi bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Chet el valyutasi bo‘yicha mablag‘larning sintetik hisobi 381-son jamlanma 
qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va 


hisob-
kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo‘yicha alohida holda 
yuritiladi. 
235. 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida 
tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash 
u
chun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va 
boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. 
Ushbu mablag‘larning kelib tushishi 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul 
mablag‘lari” subschyotining debetida va tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi, 
xarajati esa, 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotining kreditida va 
12 yoki 15 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
235
1
. Quyidagi hollarda hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar 
smetasida bo‘shab qolgan mablag‘lar tejab qolingan hisoblanmaydi va tegishli budjetga 
qaytarilishi yoki tegishli budjetda qolishi kerak: 
budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja 
bajarilmaganda; 
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat 
birliklari to‘ldirilmaganda; 
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili 
yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganda; 
budjet tashkilotlari faoliyati to‘xtatib turilganda — to‘xtatib turilgan davr uchun; 
budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, 
davlat moliyaviy n
azorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga 
xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablag‘larning summalari; 
qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan 
mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi summalari; 
moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining 
summalari; 
dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, ammo zarurati qolmagan 
summalar. 
235
2
. Xodimlar sonining to‘ldirilmaganligi natijasida bo‘shab qolgan 
m
ablag‘lardan bir yo‘la bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat ko‘rsatish 
doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmining ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan 
birga, ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun 
qo
‘shimchalar belgilashga, shuningdek homiladorlik, tug‘ish va mehnatga layoqatsizlik 
nafaqalarini (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari) to‘lash uchun foydalanilishi 
mumkin. 
235
3
. Budjet tashkilotlarining moliya yilida foydalanilmay qolgan budjetdan 
tashqari mablag‘lari keyingi moliya yiliga o‘tadi hamda ulardan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda foydalaniladi. O‘tgan moliya yilida foydalanilmay qolgan budjetdan 
tashqari mablag‘lar keyingi moliya yilida qayta taqsimlanmay o‘sha maqsadlarda 
foydalaniladi. 
235
4
. Budjet tashkiloti qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan, 
o‘zgartirilgan) hollarda, budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
hisobvaraqlaridagi (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablag‘lar qayta tashkil 
etilgan budjet tashkiloti tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. 
235
5
. Budjet tashkiloti bo‘lish yoki uning tarkibidan bir yoxud bir necha budjet 
tashkilotini ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etil
ganda budjetdan tashqari mablag‘lar 
bo‘yicha hisobvaraqlaridagi (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi) qoldiq mablag‘lar qayta 
tashkil etilgan budjet tashkilotlari bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlanadi, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 


235
6
. Budjet tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari 
hisobidan saqlash xarajatlari to‘xtatilgan hollarda, budjetdan tashqari mablag‘lar qoldig‘i 
mazkur tashkilot tasarrufida qoladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 
235
7
. Tugatilgan budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
hisobvaraqlaridagi (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi) mablag‘lar qoldig‘i belgilangan 
tartibda tegishli budjet daromadlariga o‘tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno. 
235
8
. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlariga (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga) 
noto‘g‘ri kelib tushgan mablag‘lar qaytarilishi budjet tashkiloti tomonidan to‘lovchi 
murojaat qilgan kundan boshlab o‘n bank kuni mobaynida amalga oshiriladi. 
(235

— 235
8
-
bandlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-
martdagi 45-sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan kiritilgan — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son) 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin