211 “Davr xarajatlari”.
307. Bir necha kalkulatsiya obyektlari mavjud bo‘lganda,
yoki tashkilotning
faoliyati bir nechta manbalardan moliyalashtirilganda, shuningdek
amalga oshirilgan
xarajatlarni qaysi mahsulot (ish, xizmat)larga tegishli ekanligini aniqlash murakkab
bo‘lgan hollarda ushbu xarajatlar 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotida hisobga
olinadi.
Ustama xarajatlar, aniq sharoitlarga qarab ayrim buyumlar, qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining turi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha
ishlab chiqarish
ishchilarining, ilmiy xodimlarning va shu kabilarning ish haqlariga mutanosib ravishda yoki
sarflangan materiallar yoki bevosita xarajatlar jamiga qarab taqsimlanadi.
Bunda, ustama xarajatlar 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotning
kreditiga va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning (yoki boshqa tegishli
subschyotlarni
ng) debetiga yozib hisobdan o‘chiriladi (har bir mahsulot, ish yoki xizmatlar
turlari bo‘yicha).
308. 211 “Davr xarajatlari” subschyotida ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita
bog‘liq bo‘lmagan sotish xarajatlari, ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari va boshqa
xarajatlar hisobga olinadi.
Sotish xarajatlari sifatida mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlar, ya’ni mahsulotni
iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq, transport vositalariga
ortish va boshqa
xarajatlar aks ettiriladi. Ishlab chiqarishni
boshqarish bo‘yicha
xarajatlar va boshqa
xarajatlar ma’muriy xarajatlar bo‘yicha hisobga olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga kiritilmaydigan davr
xarajatlari 211 “Davr xarajatlari” subschyoti debeti va sarf-xarajatlarni hisobga oluvchi
tegishli subschyotlar kreditida aks ettiriladi.
(308-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-
sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan
to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-
2/0925-son)
Hisobot davrining oxirida 211 “Davr xarajatlari” subschyot 260 “Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” yoki 270
“Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning tegishlisi bilan
bog‘langan holda yopiladi.
Dostları ilə paylaş: