Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


- §. Joriy yilga moliyaviy natijalar



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

2-
§. Joriy yilga moliyaviy natijalar 
309. Ushbu bo‘limda tashkilotlarning joriy yil mobaynida budjetdan 
moliyalashtirilgan mablag‘lari, barcha budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
daromadlari, shuningdek, ushbu mabl
ag‘lar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlari hamda joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. 
Joriy yilga moliyaviy natijalar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
23 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 
24 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalar”; 
25 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy 
yilga moliyaviy natijalar”; 
26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar”; 
27 “Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”. 
23 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti 
310. 23 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda 
quyidagi subschyotlarga bo‘linadi: 
230 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 
231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar”; 
232 “Budjetdan moliyalashtirish”. 


311. 230 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida 
tashkilotning budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu 
subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan 
budjet mablag‘lari bo‘yicha 
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha 
haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi. 
Subschyot kreditida esa, yil 
mobaynida budjetdan 
moliyalashtirilgan 
mablag‘larning (amalga oshirilgan to‘lovlarni) hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda 
232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyot debetlanadi. 
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga budjet mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy 
natijalar 280 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining 
kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot bo‘yicha yil oxirida qoldiq 
qolmaydi. 
312. 231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotni 
saqlash va boshqa tadbirlar uchun budjet mabl
ag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlar hisobga olinadi. 
Budjet mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 231 
“Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib 
boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi. 
Yil oxirida 231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks 
ettirilgan barcha haqiqiy xarajatlar budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy 
natijal
arni hisobga oluvchi 230 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” 
subschyot debetiga yozib, hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi va subschyot bo‘yicha yil 
oxirida qoldiq qolmaydi. 
Haqiqiy xarajatlarning analitik hisobi 294-son shakldagi kassa va haqiqiy 
xarajatlarni hisobga olish daftarida yuritiladi. 
313. 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotida budjetdan moliyalashtirilgan 
mablag‘lar, shuningdek g‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlarda g‘aznachilikda ochilgan 
shaxsiy hisobvaraq
lari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar summasi hisobga olinadi. 
314. Bu subschyotning kreditida g‘azna ijrosiga o‘tilmagan tashkilotlarda 
budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi, bunda, tegishli pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga esa, joriy 
yilda budjetga qaytarib olingan mablag‘lar summasi, yil oxirida hisobdan chiqarilgan 
summalar va boshqalar yoziladi, bunda, pul mablag‘larini, budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy 
yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi. 
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib 
berilgan mablag‘larning ham hisobi yuritiladi. Bunda, yuqori tashkilot tomonidan quyi 
tashkilotlarga moliy
alashtirib berilgan mablag‘lar summasiga 232 “Budjetdan 
moliyalashtirish” subschyoti debetlanadi va 10 schyotning tegishli subschyotlari 
kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan 
mablag‘lar 10 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 232 “Budjetdan 
moliyalashtirish” subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
315. G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida 
g‘aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali budjet mablag‘lari hisobidan amalga 
oshirilgan to‘lovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi va boshqa 
tegishli subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali 
amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot 
yilining oxirida amalga oshirilgan to‘lovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga 
oshirilgan to‘lovlarni kamaytiradigan mablag‘larni aks ettiradilar, bunda, debitor va 
kreditorlarni, budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 
va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi. 
316. Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan budjet mablag‘larni, shuningdek, 
amalga oshirilgan to‘lovlarni budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarga 


yo
pilishi 230 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning 
kreditida va 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 
“Budjetdan moliyalashtirish” subschyot bo‘yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi. 
31
7. Ushbu subschyotlar bo‘yicha analitik hisob 294-son shakldagi kassa va 
haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida yuritiladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin