o‘tgan yilgi hisob registrlariga ham, joriy yil registrlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish
yo‘li bilan) kiritib qo‘yiladi.
(48-
bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya
vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.)
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
49. Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial
order
— jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib
bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ularning
uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi
va tartib raqami, hisobot davri
— yil va oy, memorial orderning boshlang‘ich va oxirgi
raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
50. Tashkilotlardan boshla
ng‘ich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy
hisobotlar faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar tomonidan
olinishi mumkin.
51. Agar hali to‘liq rasmiylashtirilmagan hujjatlar tomi (tikilmagan,
raqamlanmagan va h.k) olinayotg
an bo‘lsa, hujjatlarni olayotgan organ vakilining
ishtirokida tashkilotning mansabdor shaxslari bu tomlarni rasmiylashtirishlari (ro‘yxat
qilishi, varaqlarni raqamlashi, shnurlashi, muhrlashi va o‘z imzolari bilan tasdiqlashlari)
lozim yoki olinayotgan huj
jatlarning ro‘yxatini tuzib (har bir hujjatdagi varaqlar sonini
ko‘rsatgan holda), uni o‘zlari va hujjatlarni olayotgan organning vakili imzolashlari lozim.
52. Boshlang‘ich hisob hujjatlari yo‘qolib qolgan hollarda tashkilot rahbari buyruq
bilan yo‘qolish sabablarini tekshirish uchun komissiya belgilaydi.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiya ishida qatnashish uchun boshqa davlat
organlarining vakillari taklif qilinadi. Komissiya ishining natijalari dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va bir nusxasi
yuqori tashkilotga yuboriladi.
53. Moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari, shuningdek, debitorlar va kreditorlar
bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni
inventarizatsiya qilish, shuningdek inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va
buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy
moliyaviy hisobotlarni, sh
uningdek set, shtat va kontingentlar bo‘yicha rejaning bajarilishi
to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlarni tuzadilar va topshiradilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
55. Tashkilotlar buxgalteriya hisobini tashkil qilishni hamda yuritishni ushbu
Yo‘riqnoma va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining boshqa
normativ-
huquqiy hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda avtomatlashtirilgan holda
tashkil qilishlari mumkin.
(55-
band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-
iyuldagi 51-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
56. O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya hisobi milliy
valyuta
— so‘mda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: