(58-
band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-
iyuldagi 51-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
III bo‘lim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo‘llash tartibi
1 bob. Nomoliyaviy aktivlar
1-
§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar
59. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlarning quyidagi
schyotlar bo‘yicha hisob yuritish tartibi keltiriladi:
01 “Asosiy vositalar”;
02 “Asosiy vositalarning eskirishi”;
03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar”.
01 “Asosiy vositalar” schyoti
60. 01 “Asosiy vositalar” schyotida tashkilotlarning barcha asosiy vositalari, shu
jumladan, ijaraga berilgan asosiy vositalarning holati va
harakati to‘g‘risidagi axborotlar
umumlashtiriladi.
61. Asosiy vositalar
— qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq)
foydalanadigan,
shuningdek, ijaraga beris
hi mumkin bo‘lgan moddiy aktivlardir.
62. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi asosiy vositalarning kelib tushishi,
ularning tashkilot ichida joydan-
joyga o‘tishi (ko‘chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi
(jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir obyektning
(predmetning, komplektning) saqlanishi va to‘g‘ri foydalanishi ustidan nazorat qilinishini
hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishini
ta’minlashi kerak.
63. Tashkilot
lar o‘zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish)
jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’i nazar 1 yildan ortiq
xizma
t qilish muddatiga ega bo‘lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy
vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi.
64. Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar,
inshootlar,
mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va
unga qo‘shimcha qurilmalar,
transport
vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar
va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-
tomosha vositalari, o‘quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga
kiradi: qishloq xo‘jaligi
mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot
beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari
(muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy
loyihalashtirishga oid hujjatlar.
65. Ko‘p yillik ko‘chatlarga doir
kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui
tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar
summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
66. Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar
tarkibiga kiritilmaydi:
maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga
ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni
tayyorlash uchun
mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar);
maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
ko‘rpa-to‘shak anjomlari;
yozuv-
chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va
boshqalar);
oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan
vaqtinchalik (notitul) inshootlar moslamalar va qurilmalar;
bir yildan kam foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar) va shu kabi moddiy
qimmatliklar.
Ushbu yuqorida keltirilgan moddiy qimmatliklar buxgalteriya hisobida tovar-
moddiy zaxiralar tarkibida hisobga olinadi.
67. 01 “Asosiy vositalar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
010 “Turarjoy imoratlar”;
011 “Noturar joy imoratlar”;
012 “Inshootlar”;
013 “Mashina va jihozlar”;
015 “Transport vositalari”;
018 “Kutubxona fondi”;
019 “Boshqa asosiy vositalar”.
68. 010 “Turarjoy imoratlar” subschyotida to‘liq
yoki asosan turarjoy uchun
belgilangan binolar (turarjoy binolarining umumiy foydali maydoni, barcha maydonning 50
foizidan k
am bo‘lmagan) hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu subschyotda
tashkilotlarning balansida bo‘lgan va o‘z xodimlarining, jumladan harbiy xizmatchilarning
yashashi uchun foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: