Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari. Ergasheva Sitoraxon Ilyos qizi


-rasm. Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini tashkil etishning normativ-huquqiy hamda uslubiy asoslari1



Yüklə 250,8 Kb.
səhifə2/3
tarix24.11.2023
ölçüsü250,8 Kb.
#133647
1   2   3
DMNA-23-21 ERGASHEVA.S MAQOLASI

1-rasm. Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini tashkil etishning normativ-huquqiy hamda uslubiy asoslari1.
Amaldagi buxgalteriya hisobi bo`yicha qonunchilikka muvofiq O`zbekiston Respublikasi davlat budjetida turadigan tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tartibga solish O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan talablar bo`yicha tashkil qilinadi.
“Budjet kodeksi” ushbu normativ hujjat davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda eng asosiy qonuniy xujjat hisoblanib ushbu kodeks talablari asosida budjet ijrosiga oid boshqa huquqiy xujjatlar qabul qilnadi va amaliyotga joriy qilinadi. Ushbu kodeks davlat budjeti ijrosi jarayonida budjet tashkilotlarida xarajatlarni amalga oshirishni tashkil qilish, daromadlar va xarajatlarni tasniflash, daromadlar va xarajatlarni nazorat qilishda asos bo`lib hisoblanadi2.
O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi Qonuni nafaqat xo`jalik yurituvchi sub’ektlar balki, budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning me`yoriy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobiga oid boshqa barcha me`yoriy-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda asos hisoblanadi. Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil qilish va yuritish ushbu qonun talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
Budjet tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish, yopish tartibi “O`zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi”ga asosan amalga oshiriladi.
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug`i hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi "Budjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish to`g`risida"gi 414-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi hamda sotilishini tartibga soladi.
Pulli asosda ishlab chiqarilishi va sotilishi mumkin bo`lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro`yxati, sotish rejimi va shartlarini budjet tashkilotlarining faoliyat yo`nalishiga bog’liq holda vakolatli tashkilot belgilaydi. Pulli asosda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishning daromadlar hamda xarajatlar smetasini budjet tashkilotlari rejalashtirilayotgan xizmatlar xajmi va ularni bajarish xarajatlari, tasdiqlangan narxlar va tariflardan kelib chiqib tuzadi va vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. Faoliyat turiga xos maxsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan qabul qilinadigan naqd pul mablag’lari kassaga kirim qilinadi.
“O`zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g`azna ijrosi qoidalari” (Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro`yxatga olingan). Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini bo`yicha daromadlari tushumi, ularni shaxsiy hisobraqamlarga topshirish tartibi, budjet va budjetdan tashqari mablag`lari bo`yicha mexnat haqi hamda unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xarajatlarni to`lovini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
“O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida” Nizom (O’z.R AV. tomonidan 2014 yil 15 dekabrda № 2634-son bilan ro’yxatdan o’tgan). Ushbu nizomga ko`ra tashkilotlarda rivojlantirish jamg`armasi mablag`lar bo`yicha daromad va xarajatlar smetasini shakllantirish tartibi, smetalarni ro`yhatdan o`tkazish, smetani ko`rib chiqish tartibi belgilangan. Har bir budjet tashkilotida ushbu nizom asosida ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, xizmat safari xarajatlarini smeta doirasida asoslovchi xujjatlar asosida to`lovini amalga oshiriladi.
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi Yo`riqnomaga asosan budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobga olinadi. Ushbu yo`riqnomaga ko`ra kassa muomalalari bo`yicha sintetik hamda analitik schyotlar ochilib hisoblashuvlar bo`yicha hisob ishlari yuritiladi. Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari 120 schyotda hisobga olinadi. Yo`riqnoma talablariga ko`ra kassa muomallari bo`yicha hisoblashuv muomalalarini qonuniyligini asoslovchi xujjatlar rasmiylashtiriladi.

Yüklə 250,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin