Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda



Yüklə 47,11 Kb.
səhifə3/3
tarix05.05.2023
ölçüsü47,11 Kb.
#126362
1   2   3
ta\'lim

Ta'lim to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi.
Shuningdek, qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi.
Shunga ko'ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ham ta'lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo'ldi deyishimiz mumkin.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Namangan davlat universitetida ham izchil amalga oshirib kelinmoqda. Binobarin keyingi uch yil ichida fakul`tetlar soni 9 tadan 15 taga, mutaxassislik kafedralari soni 27 tadan 46 taga, ta'im yo'nalishlari soni 31 tadan 52 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 tadan 26 taga etkazildi. Bunga mos ravishda ilm istagida bo'lgan universitet talaba yoshlari soni 5100 nafardan qariyib 21000 nafarga etdi.
Professor-o'qituvchilar soni 470 nafardan 710 nafarga etdi. Universitetda 2018-2019 o'quv yiliga qadar ilmiy salohiyat 26 fizni tashkil etib, bironta ixtisoslik bo'yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bomagan. Keyingi yillarda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e'tibor qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta'lim sifatini ta'minlash yo'lida bugungi kunda 12 ta ixtisoslik bo'yicha 9 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormoqda. Albatta, bu borada 17 ta tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar hisobidan universitet ilmiy-pedagog kadrlari saflarini salohiyatli kadrlar bilan to'ldirish maqsadi belgilab olingan.
Yaqin-yaqingacha universitet asosan pedagogik soha uchun mutaxassislar tayyorlar edi. Bugungi kunda universitetda Arxeologiya, Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Sotsiologiya, YUrisprudentsiya (faoliyat turlari bo'yicha), Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha), Zooinjeneriya: baliqchilik, Mevachilik va uzumchilik, Dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha), Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha), 2021 yildan boshlab esa Davolash ishi, Pediatriya ishi kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlaganligi oliygohimizni haqiqiy ma'noda viloyatimizning aql markaziga aylanayotganligidan dalolat beradi.
Universitet yirik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida Namangan davlat universitetida media markaz tashkil etish, Akvakul`tura bo'yicha o'quv-amaliy trenajer tashkil etish, “Dorivor o'simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash”, shifobaxsh profilaktik sumalak ishlab chiqarish texnologiyasi, Farg'ona vodiysida tarqalgan kamyob va yo'qolib borayotgan hamda endem turlarning tirik kollektsiyasi, elektron fotoal`bomi va raqamlashtirilgan elektron ma'lumotlar bazasini yaratish kabi yirik xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy ta'lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayotgani ta'lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta'lim xizmatlarini ta'minlash va bu borada hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalarni to'la-to'kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidan boshlanishi globallashuv jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosligini nazarda tutadi.
Shuningdek, bugun yirik shaharlarimizdan tortib, chekka tumanlar, qishloq va ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bog‘chalar barpo etilyapti. Qisqa vaqt, ya’ni to‘rt yil ichida respublikamizda bog‘chalar soni 3 barobar oshib, bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrab olish darajasi 28 foizdan 54 foizga yetgani ana shunday amaliy harakatlarimiz natijasidir.
Sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy etilishi tufayli 223 mingdan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan 7 ming 400 ta xususiy bog‘cha tashkil qilindi. Bu maqsadlar uchun 1 trillion 850 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirilib, 20 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Yaqin-yaqinlargacha o‘qituvchi-muallimlar, ayrim joylarda o‘quvchilar ham, to‘rt oylab paxta yig‘im-terimi, chopiq va yaganaga chiqarilgan, natijada o‘qituvchi bir oyda o‘rtacha 80 soat dars o‘tishi kerak bo‘lsa, to‘rt oyda 320 soat yo‘qotadigan vaziyat vujudga keldi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida mana shunday salbiy holatlarga chek qo‘yildi.
So‘nggi to‘rt yilda maktab o‘qituvchilarining oylik maoshi bir yarim barobar ko‘paytirilganligi, davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotgan ustozlar soni oshib borishi, o‘qituvchi tayyorlaydigan hisobotlar, qog‘ozbozliklar soni keskin kamaytirilganligini o‘zi ham ta’limning bu bosqichida ulkan ijobiy o‘zgarishlarga zamin bo‘ldi. Islohotlar, o‘zgarishlar natijasida respublika bo‘yicha qariyb 15 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom etmoqda.
«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat Dasturida ko‘zda tutilgan 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so‘m ajratilishi, sohada yagona «elektron ta’lim» tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard so‘m yo‘naltirish, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa - 100 foiz ustama haq to‘lash kabi chora-tadbirlar sohadagi islohotlar samaradorligini ta’minlab beradi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilyapti. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi.
Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori
2018 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.
Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy ta’limga qamrab olish ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Ta’lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi.
Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida — sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo‘lini tutgan barcha mamlakatlarda e’tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti davlat rahbari sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, yetakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, respublikamizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg‘unlashtirishga qaratganligi bejiz emas. Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi» ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko‘plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e’tiborning amaliy ifodasi edi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, intellektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktyabr kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham «Intellektual mulkni himoya qilish - Uchinchi uyg‘onish davri uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi» mavzusiga bag‘ishlangan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shu ma’noda O‘zbekistonni 2030 yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish bo‘yicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari va 2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, «Yoshlarga oid Davlat dasturi», yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi O‘RQ-576-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-6097-son Farmonlari mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Xususan, ta’lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu - «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Shunga ko‘ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ta’lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo‘ldi deyishimiz mumkin.
Hukumatimizning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari Namangan davlat universitetida ham izchil amalga oshirib kelinyapti. Xususan, keyingi uch yil ichida fakultetlar soni 9 tadan 15 taga, mutaxassislik kafedralari soni 27 tadan 46 taga, ta’lim yo‘nalishlari soni 31 tadan 52 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 tadan 26 taga yetkazildi. Bunga mos ravishda ilm istagida bo‘lgan universitet talaba yoshlari soni 5 100 nafardan qaryib 21 000 nafarga yetdi. Professor-o‘qituvchilar soni 470 nafardan 710 nafarga yetdi. Universitetda 2018-2019 o‘quv yiliga qadar ilmiy salohiyat 26 foizni tashkil etib, bironta ixtisoslik bo‘yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormagan. Keyingi yillarda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta’lim sifatini ta’minlash yo‘lida bugungi kunda 12 ta ixtisoslik bo‘yicha 9 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormoqda. Albatta, bu borada 17 ta tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar hisobidan universitet ilmiy-pedagog kadrlari saflarini salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish maqsadi belgilab olingan.
Yaqin-yaqingacha universitet asosan pedagogik soha uchun mutaxassislar tayyorlar edi. Bugungi kunda universitetda Arxeologiya, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Sotsiologiya, Yurisprudentsiya (faoliyat turlari bo‘yicha), Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha), Zooinjeneriya: baliqchilik, Mevachilik va uzumchilik, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha), Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), 2021 yildan boshlab esa Davolash ishi, Pediatriya ishi kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlaganligi oliygohimizni haqiqiy ma’noda viloyatimizning aql markaziga aylanayotganligidan dalolat beradi.
Universitet yirik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida Namangan davlat universitetida media markaz tashkil etish, Akvakultura bo‘yicha o‘quv-amaliy trenajer tashkil etish, «Dorivor o‘simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash», Shifobaxsh profilaktik Sumalak ishlab chiqarish texnologiyasi, Farg‘ona vodiysida tarqalgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hamda endem turlarning tirik kollektsiyasi, elektron fotoalbomi va raqamlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish kabi yirik xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oliy ta’lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayayotgani ta’lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta’lim xizmatlarini ta’minlash va bu borada Prezident hamda hukumatimiz belgilab bergan vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Mavzu: O`zbekistonda ta`lim tizimida isloxotlar va innovatsiyalar



2 Reja: Kirish I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar. I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi. I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari. I.3. Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi oslohotlar. II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni. II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.

3 Kirish. Mavzuning dolzarblgi. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.

4 Shu sababli bitiruv malakaviy ishini keng o`rganish yoritish dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biri hisoblanadi. Maqsad va vazifasi. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o`rganish va tahlil qilishdan iborat. Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar. Rsepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan o`zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega.


5 I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar. I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o`rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiqdir.

6 Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta`limni o`rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta`lim to`g`risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta`lim mustaqilligini ta`minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta`lim taraqqiyotiga to`liq bo`ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo`yicha ta`lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to`la huquqiy kafolatlar barish, ta`limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta`lim bo`yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo`llarini ochib berishi, ta`lim muassasalari uchun o`quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o`tkazishni rag`batlantirish, ta`limning noan`anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.

7 I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.

8 Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm- ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini o`ylash demakdir.

9 I.3. Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta`lim to`g`risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko`p bo`lgani yo`q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi? Respublika ta`limida nimalar o`zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta`lim taraqqiyotining...adhalarida ko`zalagan bosh maqsad Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh avlod ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo`yayotgan XXI asr ta`limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir.

10 Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida bajaradigan dastlabki tshkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko`rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay`ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o`rtasida keng tushuntirildi. Ta`limga oid me`yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta`lim standartlari, talablari, o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta`lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi.

11 II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma`naviy sohada qo`yilgan maqsadlarga erishib bo`lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar.

12 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta`lim tuzimi uchun davlat ta`lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish to`g`risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim tajriba-tayanch o`quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta`limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quv yilida tajriba- sinovdan o`tkazildi. Bu jarayonda davlat ta`limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari bo`yicha har bir dars mavzusi o`quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga mosligi, o`zlashtirishdagi sifat ko`rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan murakkabga yo`naltirilganligi, bir-birini to`ldirishi o`rganib borildi.

13 II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta`kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog`i faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta`lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta`lim mazmuniga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g`oyasi kun tatibiga ko`ndalang qilib qo`yildi.

14 Ta`lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so`z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o`rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o`z yechimini topganicha yo`q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi darsliklardan Prezidentimizning O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida... yoki O`zbekiston XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko`tarilgan g`oyalar o`rin olgan? Javob yo`q. Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan iborat. Dars jarayonida ta`lim-tarbiyada o`quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta`lim jarayonining sub`yekti bo`lishi kerak, ya`ni oqish, o`rganish, muomala qilish o`quvchi zimmasiga o`tishi kerak.

15 Xulosa Ma`lumki, ta`lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishining asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolni rejalar tuzar ekan, avvalo, ta`limga e`tiborni kuchaytiradi. Shu ma`noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Prezidentimizning Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz degan dav`atlari ostida ta`limni isloh qilishga kirishilib, avvalo, Ta`lim to`g`risidagi Qonnun, so`ngra Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ulug`vor sohasi deb e`lon qilindi.

16 Foydalanilgan adabiyotlar Karimov I. A. O`zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. O`zbekiston Karimov I. A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. O`zbekiston Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O`zbekiston

17 Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. O`zbekiston J. G`. Yo`ldoshev. Ta`lim yangilanish yo`lida. T O`zbekistonda ijtimoiy fanlar jurnali Tarix shoxidligi va saboqlari. T Xalq so`zi gazetasi 1998.yil 17 iyun. Go`xishev B. Bilim – ezgulik yo`li. T

18 E`tiboringiz uchun raxmat
Yüklə 47,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin