Buralishda vallarni mustahkamlikka hisoblash. Nazariy qism



Yüklə 162,92 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü162,92 Kb.
#140835
  1   2
buralishda vallarni mustahkamlikka h


Aim.Uz

Buralishda vallarni mustahkamlikka hisoblash.


Nazariy qism
Buralish deformastiyasi brus ko’ndalang kesimlarida faqat burovchi moment ta’siri bilan xarakterlanadi.
Buralishga doir kuzatishlar asosida quyidagi soddalashtirishlarni qabul qilish mumkin:
1) deformastiyagacha tekis kesimlar deformastiyadan keyin ҳam tekisliklaricha qolib, brus o’qiga normalliklari o’zgarmaydi (tekis kesimlar yoki Bernulli gipotezasi);
2) ko’ndalang kesim radiuslari to’griliklaricha qolib, biron burchakka buriladi;
3) ko’ndalang kesimlar orasidagi masofalar deformastiya natijasida o’zgarmaydi.
Buralish deformastiyasi sof siljish deformastiyasidan iborat bo’lganligidan, brusning ko’ndalang kesimida taqsimlanadigan urinma kuchlanishni sof siljishdagi Guk qonuni asosida topamiz:

Kesim markazida urinma kuchlanishlar nolga teng. Eng katta urinma kuchlanishlar brus sirtida joylashgan nuqtalarda ta’sir etadi.
Muvozanat tenglamasi tuzsak (brus o’qiga nisbatan momentlar tenglamasi):


formuladan buralishda ixtiyoriy kesimning ixtiyoriy nuqtasidagi urinma kuchlanish topiladi. Suratdagi burovchi moment Mb kattaligi burovchi moment epyurasidan tegishli kesim uchun olinadi.
Qutb inerstiya momenti doiraviy kesim uchun

xalqasimon kesim uchun

formulalar bo’yicha ҳisoblanadi.
Keyingi ifodada

bo’lib, - xalqasimon kesimning ichki va - tashqi diametri.
Ko’rilayotgan kesimdagi eng katta urinma kuchlanish
(16.9)
Bu erda GIr ko’paytma buralishdagi bikrlik deb yuritiladi.
Ko’rinadiki, valning buralish burchagi ta’sir etayotgan burovchi momentga, val uzunligiga to’gri proporstional, valning buralishdagi bikrligiga teskari proporstionaldir.
Agar val qismlaridagi ko’ndalang kesim o’lchamlari turlicha bo’lsalar yoki ulardagi ta’sir etuvchi burovchi momentlar qiymatlari har xil bo’lsalar, valning to’la buralish burchagi val qismlaridagi buralish burchaklarining algebraik yigindisiga teng bo’ladi.
Uzunlik birligiga to’gri keladigan buralish burchagi nisbiy buralish burchagi deb ataladi:

Buralishdagi mustahkamlik sharti yordamida uch xil masala hal qilinishi mumkin:
1. Mavjud tuzilmaning mustahkamligini tekshirish.
.
Xavfsiz yuk kattaligini aniqlash:

3. Loyihalash masalasi.
Bunda valning zarur o’lchamlari hisoblanadi:

doiraviy kesim diametri

Halqasimon ko’ndalang kesimning zarur tashqi diametri

ichki zarur diametri

Buralishga ishlaydigan vallar mustahkamlik bilan birga bikrlikka ham hisoblanadi.
,
bu erda q - ruxsat etilgan buralish burchagi, rad/m.
Ko’pchilik hollarda ruxsat etilgan buralish burchagi grad/m larda beriladi. Unda bikrlik shartini

Buralishda vallarni mustahkamlikka hisoblashga oid mustaqil ish topshiriqlari

Masala; Po’lat valga 3-ta aniq T1, T2, T3 va 1-ta nomalum X ( 3.1- rasm) burovchi momentlar tasir qilmoqda.


Aniqlansin:
1) muvozonat shartidan kelib chiqib valda hosil bo’ladigan X burovchi momentning qiymati aniqlansin;
2) burovchi momentlar epyurasi qurilsin;
3) mustahkamlikka hisoblashda valning diametri aniqlansin;
4) Halqasimon valning ko’ndalang kesimda ichki diametr d ning tashqi D ga nisbati aniqlansin
5) Ko’ndalang kesimi yuzasi kichik val uchun tanlansin;
6) Tanlangan val uchun buralish burchagi epyurasi qurilsin, nisbiy buralish θ hisoblansin va ruxsat berilgan [θ] = 1 grad/m shart bajarilsin
Berilganlar jadvaldan olinsin



3.1-shakl
3-jadval




Yüklə 162,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin