Burchak o'lchash asboblari Reja



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə11/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Burchak o\'lchash asboblari

Rumblar. Chiziq yo‘nalishini o‘tkir burchak bilan ham aniqlash mumkin. CHiziqning gorizontal qo‘yilishi bilan chiziq uchidan o‘tgan meridian orasidagi o‘tkir burchak rumb burchagi deyiladi va r harfi bilan belgilanadi (2.5-shakl). Rumb burchagining yolg‘iz gradus qiymati chiziq yo‘nalishini belgilash uchun kifoya qilmaydi va rumb burchagi bo‘yicha chiziqni yasab ham bo‘lmaydi. CHiziq rumbining gradus qiymati bilan birga, chiziqning erning to‘rt tomoniga nisbatan qanday yo‘nalganligini choraklar bilan ko‘rsatish kerak. Masalan, 2.7-shaklda O nuqtadan o‘tgan meridian va unga perpendikulyar chiziq bilan tekislik to‘rt chorakka bo‘lingan; choraklar shimoldan soat strelkasining aylanishi bo‘yicha I, II, III va IV bilan nomerlangan. SHunda I chorak shimol bilan sharq orasida bo‘lganidan, shu chorakda yotuvchi chiziqlap rumbining nomi shimoli-sharq (SHSHq), II chorakda—janubi sharq (JSHq), III chorakda—janubi g‘apb (JG‘) va IV chorakda—shimoli g‘arb (SHF) deb ataladi va qavslar ichidagi kabi belgilanadi.
CHiziqning rumb qiymatlarini yozishda avval chorak nomi yozilib, uning ketidan ikki nuqta qo‘yiladi-da, rumb burchagining soniy qiymati yoziladi.
2.8-shaklda O nuqtadan choraklar bo‘yicha chiqqan nurlarning azimutlari, rumblari va chorakdagi rumb nomlari ko‘rsatilgan. OA chiziq I chorakda bo‘lganidan uning rumbi SHSHq:r1 tarzida, OB chiziq II chorakda, rumbi JSHq:r2, OC chiziq III chorakda, rumbi JG‘:r3 va OD chiziq IV chorakda, rumbi SHG‘:r4 tarzida yoziladi.

2.8-shakl. 2.9-shakl.
Agar chiziq rumbining nomi va gradus qiymati berilsa, chiziq quyidagicha yasaladi.
Masalan, rMN =JG‘:35°40' bo‘lgan chiziqni yasab ko‘raylik Buning uchun ixtiyoriy m nuqta olinib, undan meridian o‘tkaziladi, keyin meridian janubiy qismining g‘arb tomonida (2.9-shakl) transportir yordami bilan 35°40' li burchak yasaladi.
2.5-shaklda poligon tomonlarining azimut va rumblari ko‘rsatilgan. AB tomon rumbi rAB=SHSHq:r1; rBC =JSHq:r2 va hokazo.
To‘g‘ri va teskari rumb. CHiziq rumblari ham to‘g‘ri va teskari bo‘ladi. 2.10-shakldagi AB chiziqning to‘g‘ri rumbi rAB=SHSHq:r bo‘lsa, teskari chiziq BA ning rumbi, ya’ni teskari rumbi rBA=JG‘:r' bo‘ladi.
Bir chiziqning to‘g‘ri va teskari rumblarini aniqlashda ham meridian-larning parallel bo‘lmasligidagi meridianlar yaqinlashish burchagi ni hisobga olish kerak. Shakl bo‘yicha to‘g‘ri rumb SHSHq:r, teskari rumb JG‘:r' bo‘ladi, yoki
r'=r+, (2.2)
ya’ni teskari rumb to‘g‘ri rumb qiymati bilan meridianlar yaqinlashish burchagining yig‘indisiga teng bo‘lib nomlarida o‘xshash harflar bo‘lmaydi.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin