10.5-shakl. Mikroskoplar. Metall limbni mayda bo‘laklarga bo‘lish mumkin bo‘lmaganidan vernerlar yordamida 30" dan kichik aniqlik bilan sanoq olish mumkin bo‘lmaydi. Optik teodolitlarda verner o‘rnida mikroskoplar ishlatiladi. Mikroskop shtrixli va shkalali bo‘ladi.
SHtrixli mikroskop. Mikroskop verner lupasi o‘rnida yoki boshqa yo‘l bilan limb shtrixlaridan sanoq olish moslamasidir. Bunda truba ichiga, linzalaridan tashqari, bir shisha plastinka ham o‘rnatiladi. Bu plastinka o‘rtasiga yolg‘iz bir vertikal shtrix chiziladi va bu shtrix bo‘yicha bo‘laklardan sanoq olinadi (10.6-shakl, a),bu shtrix indeks deyiladi. Sanoq olishda limb bo‘laklaridan indeksgacha gradus va 10' li bo‘laklar sanab olinadi; shaklda 15° dan keyin shtrix 3-bo‘lakni ko‘rsatganidan, sanoq 15°30' bo‘ladi; keyin bu qiymatga bo‘lak orasi indeksgacha chamalab olinadi, 0,5 ga to‘g‘ri keladiki, bu 5' bo‘ladi.
10.6-shakl. Mikroskoplar: a—shtrixli, sanoq 15°36', b—shkalali, sanoq 34°20'+6,4'2=34°20'+13,2=34°32,8'.
SHunga ko‘ra to‘la sanoq 15°30'+5'=15°35' bo‘ladi. Ba’zi teodolitlarda bir ko‘rish maydonida gorizontal va vertikal doira limb bo‘laklari ko‘rinadi. Bunday vaqtda ham bir mikroskop shtrixidan ikkala doira limbi bo‘yicha sanoq olinadi.
SHkalali mikroskop. SHtrixli mikroskopning aniqligi kam bo‘lganligi uchun aniq asboblarda shkalali mikroskop ishlatiladi.
Bu mikroskopda shisha plastinkaga shtrix o‘rniga shu asbob limb bo‘laklariga mos shkala ishlanadi; shunga ko‘ra, shkalali mikroskopning turi ko‘p. 10.6-shakl, b da limbi 20' dan bo‘lingan doiraning bir qismi (bir gradusi) ko‘rsatilgan. Plastinkada limbning bir bo‘lagiga baravar yoy olib, u 10 bo‘lakka bo‘lingan, shunga ko‘ra shkalaning bir bo‘lagi 2' ga teng. SHunda shakl bo‘yicha sanoq 34°20'+6,6'2=34°33,b' bo‘ladi. T-15 va T-5 teodolitlaridagi shkalali mikroskoplar turlicha bo‘ladi, ular bilan keyinroq tanishamiz.
Adilaklar. Adilak geodezik asboblarni ishlatishdan oldin ularni gorizontal vaziyatga keltirish uchun kerak bo‘ladigan asbob bo‘lagi bo‘lib, ko‘rinishi jihatidan doiraviy va silindrik bo‘ladi. Silindrik adilak aniqroq bo‘lganidan ko‘p ishlatiladi. Adilaklar ampula, g‘ilof va taglikdan iborat.
Ampula—ichki yuzasi ma’lum gradusli yoy qilib ishlangan shisha nay (10.7-shakl). Ampula issiq. efir sulfat yoki spirt bilan to‘ldirilgach, nayning og‘zi kavsharlab qo‘yiladi. Ampula ichidagi suyuqlik sovigach, pufakcha (bo‘shliq) hosil bo‘ladi; u hamisha eng baland joyni egallaydi.
10.7-shakl. a. Silindrik adilak ampulasi; b—reversion adilak ampulasi, v—kamerali adilak ampulasi. —adilak bir bo‘lagining qiymati, hh1—adilak o‘qi. Ampula bo‘laklarining o‘rta nuqtasi (0)adilakning nol punkti deyiladi; 0 ga urinma bo‘lgan chiziq hh1 silindrik adilak o‘qi deb etaladi. Pufakcha nol punktda turganda adialak o‘qi gorizontal bo‘ladi. YOy 0 punktdan ikki tomonga 2 mm dan bo‘laklarga bo‘linadi. Har bo‘lakka adilak bir bo‘lagining qiymati deyilib, bilan belgilanadi. ning qiymati orqali adilakning sezuvchanligi belgilanadi. Agar bo‘lakning chizg‘iy qiymatini l, yoy radiusini R desa l ning burchak qiymati
(10.3)
bo‘ladi; bu erda =206265". Teodolitlarda =15 ... 60" gacha bo‘ladi. ning qiymati qancha kichik bo‘lsa, adilak shuncha sezuvchan hisoblanadi.
Ba’zan ampula ichki yuzasining hammasi yoy qilinadi va ikki tomoni bir xil bo‘laklarga bo‘linadi; bunday adilak reversion (aylanadigan) adilak deyiladi. Ampula g‘ilofi ham shunga moslanib, ikki tomoni ochiq bo‘ladi (10.7-shakl, b).
Havo temperaturasi o‘zgarishi bilan pufakcha o‘lchami ham o‘zgaradi. Issiq kunlari suyuqlik hajmi ortishi bilan pufakcha kichiklashadi, adilakning sezuvchanligi kamayadi, sovuqda aksincha, pufakcha kattalashadi. Pufakcha o‘lchamini o‘zgartirish uchun ba’zi ampulaning bir tomonida kamera (bo‘shliq) bo‘lib, u ampula ichidan tagi ochiq to‘siq bilan ajratilgan (10.7-shakl, v). Ampulani turli tomonga silkitib, suyuqlikni kameraga qochirib yoki kameradan chiqarib, pufakcha o‘lchamini o‘zgartirish mumkin; bunday adilak kamerali adilak deyiladi.
Adilak g‘ilofi-(qutisi). Adilak ampulasi shisha bo‘lganidan, u sinib qolmasligi uchun maxsus metall yoki yog‘och qutiga joylanadi (10.8-shakl, a). Ampula ust tomonining o‘rtasi ochiq qutiga solingach, qutining uchidagi bo‘rtma AV asosga tayangan ikki ustunga o‘rnatiladi.
10.8-shakl. a. Adilak g‘ilofda (opravada); hh1—adilak o‘qi, t va p—gaykalar, AV—g‘ilof asosi. 6—adilakni tekshirish sxemasi. Bir uchini t va p gaykalar yordamida ko‘tarish yoki tushirish mumkin. Ba’zan gayka o‘rnida prujina bo‘ladi va tuzatish vinti deyiladi.
Adilakni tekshirish. Silindrik adilak o‘qi hh1opravaning (g‘ilof) quyi tekisligiga parallel bo‘lishi kerak ya’ni hh1AV. Bu shart a va b ustunlar teng bo‘lgandagina bajariladi. Masalan, a> bo‘lsin. Tekshirish uchun adilakni ixtiyoriy MN tekislikka qo‘yib (10.8-shakl, b), a tomonga qochgan pufakcha uchidan p1sanoq olinadi. Bunda adilak o‘qi hh1tekislik MN bilan M nuqtada kesishib, burchak hosil qiladi; bu burchagi hh1ning AV ga parallel bo‘lmaganligidan kelgan xatodir. Keyin adilak 180° aylantiriladi-da, a o‘rniga b ni, b o‘rniga a qo‘yilib, pufakcha uchidan p2sanoq olinadi. Bunda hh1o‘q MN bilan N nuqtada burchak hosil qilib kesishadi. O‘qning ikki turishi orasidagi burchak tashqi burchak bo‘lganidan, 2 ga teng, ya’ni =2, yoki ; burchak pufakcha uchidan o‘ng va chapga surilganda olingan sanoqlar yig‘indisiga teng, ya’ni =p1+n2.
Misol. Birinchi holda pufakcha o‘rtadan 5 bo‘lak o‘nga (p1=5), ikkinchi holda esa 3 bo‘lak chapga (p2=3) surilgan bo‘lsin. SHunda =5+3=8 bo‘ladi; xato burchak esa 8:2=4. Buni tuzatish uchun a ustundagi gayka yoki prujina yordamida pufakcha o‘ng tomonga 4 bo‘lak suriladi.
Adilakni quyidagicha ham tekshirish va tuzatish mumkin. Adilakni bir ixtiyoriy yuzaga qo‘yib, past uchi ostiga narsa qistirib pufakcha o‘rtaga keltiriladi. Keyin 180° ga aylantirib qo‘yiladi. Pufakcha o‘rtadan qancha (necha bo‘lak), masalan, p bo‘lak qochsa, ana shu burchak qiymati bo‘ladi. Keyin tuzatish vinti bilan pufakcha bo‘lak o‘rta tomonga suriladi.
Teodolitda adilak alidada doirasi ustiga o‘rnatilgan, adilakning asosi alidada usti bo‘ladi.
Kontaktli adilaklar. Aniq asboblarda, ko‘pincha nivelirlarda, kontaktli adilaklar ishlatiladi. Bunday adilaklar asbob yon tomonida bo‘lib, uning ustiga prizmalar sistemasi joylanadi; prizmalar orqali pufakcha holati trubaning ko‘rish maydonida ikkita yarim palla bo‘lib ko‘rinadi (10.9-shakl, a); 10.9-shakl, b da pufakchalar birlashmagan adilak o‘qi gorizontal emas;
10.9-shakl. 10.9-shakl, v dagi kabi pufakchalar birlashganda, adilak o‘qi gorizontal holatda bo‘ladi. Pufakchalarni birlashtirish uchun asbobda maxsus vint bo‘ladi. Masalan, N3niveliridagi maxsus vint elevatsion vint deyiladi.
Doiraviy adilak. Aniqligi silindrik adilak aniqligidan kichik bo‘lganligidan geodezik asbobni taxminan gorizontal holatga keltiriщda ishlatiladi. 10.10-shakl, a da doiraviy adilakning umumiy ko‘rinishi, 10.10-shakl, b da esa vertikal kesimi keltirilgan. Ampulasidagi bo‘laklar o‘rniga aylana chizilgan aylana bo‘laklari 2 mm dan qilingan. Pufakcha diametri 2—4 mm ga teng. Aylana markazi 0 nuqta xisoblanadi. 0 nuqtadan ampulaning sferik yuzasiga perpendikulyar bo‘lib o‘tgan vertikal chizik adilak o‘qu deyiladi. Pufakcha doiracha ichida to‘rganda o‘q vertikal vaziyatda bo‘ladi. Doiraviy adilakning o‘qi asbob aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. U silindrik adilak kabi tekshiriladi, xato bo‘lsa, adilak tagidagi uchta tuzatish vinti yordamida tuzatiladi.