Burchak o'lchash asboblari Reja



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə37/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Burchak o\'lchash asboblari

Teodolit turlari. Teodolitlar bo‘laklarining bir-biriga bo‘lgan munosabatiga qarab oddiy, takroriy va buriladigan limbli bo‘ladi. Teodolit limbi aylanmasa, oddiy, aylansa—takroriy bo‘ladi. Takroriy teodolitda limb va alidada aylanganidan, har qaysisining o‘ziga xos siquvchi va qaratish vintlari bo‘ladi.
Buriladigan gorizontal doirali teodolitda siquvchi va qaratish vintlari bo‘lmaydi. Gorizontal doira aylanish o‘qidagi maxsus barabancha yordamida buriladi.
Teodolitlar metall limbli va shisha limbli bo‘ladi. Limbi shishadan ishlangan teodolitga optik teodolit deyiladi.
GOST 10529—79 bo‘yicha metall limbli teodolitlar chiqarilmaydi.
Teodolitlar burchak o‘lchashdagi aniqligiga qarab bir necha turga bo‘linadi. Burchakni bir priyom bilan o‘lchashdagi o‘rta kvadratik xato qiymatiga qarab shifrlanadi. Masalan, burchakni bir priyom bilan o‘lchashdagi xato 30'' bo‘lsa, teodolit shifri T30 kabi yoziladi, ya’ni «teodolit» so‘zidan T harfi va aniqligi yoziladi. GOST ga ko‘ra optikaviy teodolitlar uch gruppaga bo‘linadi va quyidagi shifr bilan chiqariladi:
1. eng aniq teodolitlar—gorizontal burchak o‘lchashda o‘rta kvadratik xatosi 1,0"; shifri T1;
2. aniq teodolitlar—xatosi ±2" dan ±7" gacha, shifri T2 va T5;
3. texnik teodolitlar—aniqligi ±15" dan ±30" gacha, shifri T15 va T30.
Bular bilan bir qatorda, o‘quv teodoliti nomi bilan, to‘g‘ri tasvirli T60 shifrli teodolit ham chiqariladi.
Bu teodolitlar bilan birga ularning takomillashtirilgani ham chiqariladi. CHunonchi, marksheydrlik ishlarida qo‘llaniladigan T15M va T30M shifrli teodolitlar; T5K, T15K va T30K shifrli, kompensator o‘rnatilgan teodolitlar; T1A, T2A, T5A shifrli, ko‘rish trubasi avtokollimatsion okulyarli teodolitlar; T15K va T60 kabi to‘g‘ri tasvir beruvchi er trubali teodolitlar shifriga «P» harfi qo‘shib yoziladi, masalan, T5KP teodolita. GOST 10529—79 ga ko‘ra, T1, T2, T6, T15, T30 teodolitlarining astronomik trubalilari bilan bir qatorda er trubalilarini ham chiqarish mo‘ljallanadi.
Modifikatsiyaning tartib nomeri shifr oldiga yoziladi; masalan, 2T5A kabi. GOST ga binoan, T1 va T2 da sanoq limb diametrining ikki uchidan olinishi kerak. T1, T2 va T5 larda qidiruvchi doira o‘rnatiladi. T15 va T5 lar adilagi reversion qilib ishlanadi.
Hozirgi texnik teodolitlarda vertikal doira va iplar to‘rida dalnomer iplari o‘rnatilgan; ular vertikal burchak va masofani o‘lchash uchun ishlatiladi va teodolit-taxeometr deb ataladi.
10.1-j a d v a l


Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin