Burchak o'lchash asboblari Reja


Burchakni takrorlash usuli bilan o‘lchash (T30 № 66802)



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə40/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Burchak o\'lchash asboblari

Burchakni takrorlash usuli bilan o‘lchash (T30 № 66802)



Nuqta nomi

Takrorlanish
soni

Gorizontal doira canog‘i

p-karrali burchak

Burchak qiymati

Burchaklar o‘rtachasi

turgan

qaratilgan

0

I

0

I

0

I

0

I










DO‘






















S




00

03



















B

A




74

36

kontrol sanoq













S
A
S

































A

3

323

45

223

42

74

34







Agar bosh sanoqni a, oxirgi sanoqni v, takrorlash sonini p desak, o‘lchanadigan burchak qiymati  quyidagicha topiladi:
(11.2)
O‘lchanadigan burchak katta bo‘lib, limbning 0 (360°) shtrixi sanoq olishda takrorlansa, 360° takrorlanish soniga ko‘paytirilib (11.2) suratiga qo‘shiladi.
4. Nollarni to‘g‘rilash usuli. Bu usul joy tafsilotini qutbiy usul bilan s’yomka qilishda, o‘lchangan burchaklarni tekshirishda, burilish burchaklarini o‘lchashda qo‘llaniladi. Bu usul bilan burchak o‘lchash uchun sanoq olish moslamasining nol shtrixi (verner yoki mikroskop) limbning nol shtrixiga to‘g‘rilangach, alidada mahkamlanib, limb bo‘shatiladi-da chap nuqtaga qaraladi. Keyin limb mahkamlanib, alidada bo‘shatiladi va o‘ng nuqtaga qarab olingan sanoq o‘lchanadigan burchakning qiymati bo‘ladi.
Vertikal doira, vertikal burchakni o‘lchash. Er yuzasida turli balandlikda yotgan ikki nuqtani tutashtiruvchi vertikal tekislikdagi qiya chiziqiing gorizontal va shovun chiziqlar bilan kesishuvidan hosil bo‘lgan vertikal tekislikdagi burchaklar ikkiga—qiyalik burchagi (vertikal burchak) bilan zenit oralig‘iga bo‘linadi.
Zenit oralig‘i ko‘rish nuri OM bilan vertikal chiziq VV1 ning ke-sishuvidan hosil bo‘lgan vertikal tekislikdagi burchak (11.3-shakl) bo‘lib, Z bilan belgilanadi.
Vertikal burchak qiya ko‘rish nuri OM bilan gorizontal tekislik ON orasidagi vertikal tekislikda yotuvchi burchak bo‘lib, bilan belgilanadi. Agar ko‘rish nuri gorizontal tekislikdan yuqorida bo‘lsa, qiyalik burchagi musbat ishora bilan, pastda bo‘lsa manfiy ishora bilan olinadi. SHaklda
+Z=90.
Zenit oralig‘i va qiyalik burchagi teodolit trubasiga mahkam o‘rnatilgan maxsus vertikal doira bilan o‘lchanadi. Qiyalik burchagini eklimetr, bilan ham o‘lchash mumkin. Zenit oralig‘i ayrim nom bilan atalganidan ko‘pincha, qiyalik burchagi vertikal burchak deb ataladi. Texnikaviy teodolitlar qiyalik burchagini o‘lchashga moslangan bo‘ladi.

11.3-shakl.
Vertikal doiraning tuzilishi. Aylanasi yo‘nilib graduslarga bo‘lingan 8—10 sm diametrli metall doira 1 ko‘rish trubasining aylanish o‘qiga vertikal vaziyatda mahkamlangan bo‘lib, truba bilan birga gorizontal o‘qda aylanadi. Doira (limb) bo‘laklari turli asboblarda turlicha bo‘lingan. Sektorli doiralarda (T15, 2T5A) bir diametrning ikki uchiga yozilgan va ulardan ikki tomonga 60° yoki 75° gacha oshib boradi. Hozirgi TT5, T30 kabi teodolitlarning vertikal doiralarida bir diametrning bir uchidagi dan soat strelkasi yuradigan tomonga 360° gacha oshib boradi. Limb 2160 bo‘lakka bo‘linganidan, bir bo‘lakning qiymati l=10'; TT5 teodolitida gradus qiymatlari har 10° dan yozilgan; I va II verner sanoqlaridagi farq 180° ga teng bo‘ladi (11.4-shakl, a).
Ba’zi teodolit va kipregellarda doira 11.4-shakl, b dagi kabi bo‘lingan, bu bosh shtab bo‘linishi deyiladi. Bunda bir diametrning ikki uchidagi 0 dan soat strelkasining yurishi tomon 60° gacha, soat strelkasining yurishiga teskari tomon 360° dan 300° gacha bo‘lingan. Trubaning ko‘rish o‘qi MN gorizontal turganda limbning 0180° yoki 0diametri ham gorizontal bo‘lishi kerak.
Limb bo‘laklaridan sanoq olish uchun limb markaziga qo‘zg‘almas qilib alidada 8 o‘rnatilgan, uning ikki uchiga gorizontal doiradagi kabi I va II vernerlar 2 yasalgan. Vernerning nol shtrixlarini gorizontal vaziyatga keltirish uchun alididaga silindrik adilak 3 o‘rnatilgan. Adilak tuzatish vinti 7 bilan tuzataladi. Alidadaning maxsus bo‘rtmasi 5 bo‘lib, u mikrometrik vnnt 4 yordamida suriladi va sanoq olishdan oldin adilak gorizontal vaziyatga keltiriladi, keyin vernerdan sanoq olinadi.

11.4-shakl. Vertikal doira.
a—gradus qiymatlarining hozirgi yozilishi, b—ilgarigi yozilishi; 1—vertikal doira, 2—verner, 3—vertikal doira adilagi, 4—alidada mikrometr vinti, 5—alidada boshqaruvchisi, v—truba tagligi, 7—adilak tuzatgich vinti, 8—alidada, tp—adilak o‘qi.
T30 teodolitining vertikal doirasida maxsus adilak o‘rnatilmagan. Vertikal doiraga parallel o‘rnatilgan gorizontal doira adilagini aniq gorizontal vaziyatga keltirish kifoya. Kompensatorli teodolitlar (T15K) ning vertikal doirasida ham adilak bo‘lmay, doira sanoq moslamasi kompensator orqali avtomatik ravishda gorizontal vaziyatga keladi.
Vertikal burchakni o‘lchash. Asbob vertikal doirasi adilagining o‘qi tp (11.4-shakl, b) gorizontal holatga keltirganda va ko‘rish o‘qi MN gorizontal turganda vertikal doira canog‘i 0°00' bo‘lishi kerak ya’ni limbning 0180° li diametri bilan I va II verner nollarini tutashtiruvchi chiziq 1 bir chiziqda yotishi kerak (11.3-shakl, a). Lekin haqiqatda bunday bulmaydi, 0°00' o‘rniga boshqa sanoq olinadiki, bu sanoq nol o‘rni deyiladi va “NO‘” bilan belgilanada. Agar yuqoridagi shart bajarilganda edi NO‘=0 bo‘lib, DO‘ da yuqori nuqtaga qarab olingan sanoq vertikal burchak qiymati bo‘lardi.
Masalan ko‘rish o‘qi MN alidada adilagining uqi tp gorizontal turganda limbning 0180° diametri tt1 gorizontal chiziq bilan u burchak verner nollarini tutashtiruvchi 1 chiziq esa x burchak hosil qilsin (12.3-shakl, a). DO‘ da olingan sanoqni R bilan, DCH da olingan sanoqni L bilan belgilaylik. Agar DO‘ holatida biror Q nuqtaga qarab a1 sanoq olinsa (12.3-shakl, b), al=R va. R=v+x+u yoki
v=R-(x+y) (12.1)
bo‘ladi. Bu ikki xato ta’siri yig‘indisi x+u nol o‘rni qiymati bo‘lib, uni «NO‘» bilan belgilasak ya’ni x+u=NO‘ deb olsak va o‘rniga qo‘ysak
=R—NO‘ (12.2)
chiqadi, ya’ni vertikal burchak doira o‘ngdan olingan sanoq R dan nol o‘rnining ayrilganiga teng.
HO‘ qiymatini aniqlash uchun truba zenit orqali aylantiriladi-da, alidada bo‘shatilib DCH holatida truba yana Q nuqtaga qaratiladi. Bunda verner 1 dan olingan sanoq a2=L o‘tmas burchak t1 t 1 ning qiymati bo‘ladi.

12.3-shakl.
SHunda 12.3-shakl, v ga binoan quyidagini yozish mumkin: v=360—L+x+u yoki v=360+x+u—L=360°+HO‘—L; 360° tashlab yuborilsa,
v=NO‘—L (12.3)
chiqadi, ya’ni vertikal burchak nol o‘rnidan vertikal doira chap holatida olingan sanog‘ining ayrilganiga teng.
Bu (12.2) va (12.3) formulalardan HO‘ hamda vertikal burchak qiymatlarini aniqlash uchun ularni qo‘shsak 2v=R—L chiqadi. Bundan
(12.4)
bo‘ladi. Agar (12.2) dan (12.3) ni ayirsak 0=R—2NO‘+L yoki 2NO‘=R+L bo‘ladi; bundan
(12.5)
chiqadi.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin