Haqiqiy va magnitaviy azimutlar. Er yuzasidagi ixtiyoriy nuqtadan o‘tgan geografik (haqiqiy) meridian yo‘nalishini istalgan vaqtda aniqlash mumkin bo‘lavermaydi. Haqiqiy meridian yo‘nalishi astronomik kuzatishlar orqali (masalan, Beruniyning hind aylanasi yordamida, qutb yulduzini kuzatish bilan) aniqlanadi. Kundalik geodezik ishlarni olib borishda haqiqiy meridian o‘rniga magnit strelkaning yo‘nalishi bo‘lgan magnitaviy meridian qabul qilinadi.
2.16-shakl. 2.17-shakl. Magnit strelkani erkin aylanadigan qilib sixcha ustiga gorizontal holda ilinsa, u Erning magnitaviy maydonidagi kuchlar ta’sirida ma’lum yo‘nalishni egallaydi. Er shimoliy va janubiy yarim sharining hamma nuqtasidagi magnitaviy kuch chiziqlari o‘z davomida shimoliy yarim sharda bir nuqtada, janubda ham bir nuqtada kesishadiki, bu nuqtalar shimoliy va janubiy magnitaviy qutblar deyiladi. Magnitaviy qutblar Erning geografik qutblariga to‘g‘ri kelmaydi. Berilgan nuqta magnitaviy o‘qining sathiy yuzaga tushgan proeksiyasi magnitaviy meridian deyiladi.
CHiziq uchidan o‘tgan magnitaviy meridian shimoliy yo‘nalishidan soat strelkasi yuradigan tomonga yo‘nalgan chiziqqacha bo‘lgan burchak magnitaviy azimut deyiladi va AMbilan belgilanadi (2.17-shakl).
Magnit strelkaning og‘ish burchagi. Bir nuqtadan o‘tgan geografik va magnitaviy meridianlar bir yo‘nalishda yotmay, o‘zaro burchak hosil qilib kesishadi, bu burchak magnit strelkaning og‘ish (qiyshayish) burchagi yoki, qisqacha qilib, magnitaviy og‘ish burchagi deyiladi. Magnitaviy strelkaning shimoliy uchi shimoliy yarim sharda haqiqiy meridianga nisbatan sharqda tomon og‘sa, og‘ish sharqiy deyilib, musbat ishora bilan, g‘arbda bo‘lsa—g‘arbiy deyilib, manfiy ishora bilan olinadi. Ba’zan bu og‘ish Hva G‘ kabi SH (sharqiy) va F (g‘arbiy) belgilar bilan yoziladi.
2.17-shaklda CD chiziqning S uchidan haqiqiy meridian SHJ va magnitaviy meridian SHMJMo‘tkazilgan. CD chiziqning haqiqiy AHva magnitaviy AM azimutlar orasidaga munosabat quyidagicha:
AH=AM+, (2.10)
ya’ni chiziqning haqiqiy azimuti magnitaviy azimut bilan magnitaviy og‘ish burchagining algebraik yig‘indisiga teng. Og‘ish g‘arbiy bo‘lganda ham formula (2.10) to‘g‘ri keladi. Masalan H=-3°; AM=75°18' bo‘lganda
AH=75°18'-3°=72°18' bo‘ladi.
AH, AM, , va burchaklar orasidagi munosabat. Agar CD chiziqning uchi S dan (4.14-shakl) haqiqiy meridian SHHJHmagnitaviy meridian SHMJMva o‘qiy meridian SHO‘JO‘o‘tkazilsa, CD chiziqning haqiqiy azimuti AH , magnitaviy azimuti AM, magnit strelkaning og‘ish burchagi , direksion burchak va meridianlar yaqinlashish burchagi hosil bo‘ladi. SHakl bo‘yicha bu kattaliklar orasidagi munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin:
AH=AM+; AH=+, bundan
AM+=+, yoki
=AM+ -, (2.11)
ya’ni direksion burchak chiziqning magnitaviy azimutiga og‘ish burchagini qo‘shib, meridianlar yaqinlashish burchagining ayirilganiga teng. (2.11) dagi
-=P (2.12)
ifoda magnit strelkaning og‘ish va meridianlar yaqinlashishiga bo‘lgan qo‘shma tuzatma deyiladi. SHunda
=AM+P, (2.13)
bo‘ladi. 4.14-shaklda P, va AManiq ko‘rsatilgan. Magnitaviy og‘ish burchagi er sharining magnitaviy xossasiga bog‘liq bo‘lib, Er yuzasining turli joyida turlicha qiymatga ega. Bundan tashqari, magnit strelkaning holatiga yuqori voltli elektr uzatish tarmoqlari ham ta’sir etadi. O‘zbekiston teritoriyasida magnitaviy og‘ish ning qiymati 0 dan 15 gacha boradi. Topografik kartalarning quyi tomonida joydagi o‘rtacha og‘ish burchagi qiymati ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Og‘ish burchagining qiymatini izogonli kartadan olish mumkin. Izogonli karta og‘ishning asriy o‘zgarishi asosida chiziladi. Og‘ish burchagi bir joyning o‘zida ham vaqti bilan o‘zgaradi. Bu o‘zgarish asriy, yillik va kundalik o‘zgarishlarga bo‘linadi. Kundalik o‘zgarish O‘zbekistonda ±15' dan oshmaydi, lekin asriy o‘zgarish katta bo‘ladi. Masalan, 500 yilda asriy o‘zgarish 22,5° gacha boradi. Temir rudasi ko‘p ba’zi joylarda magnit strelkasnning og‘ishi juda katta o‘zgaradi, bu hodisa magnitaviy anomaliya deyiladi. Bunday joylarda magnit strelka bilan ishlab bo‘lmaydi. Magnitaviy og‘ishning o‘zgarib turishi sababli chizq azimut va rumblarini topish aniqligi o‘rta hisobda ±15' bo‘ladi.
Magnit strelkasining engashuvi. Sixchaga gorizontal qilib erkin osilgan magnit strelkaning ikkala uchi hamisha ham bir gorizontal tekislikda yotmaydi. SHimoliy yarim sharda strelkaning shimoliy uchi shimoliy magnitaviy qutbning tortishi tufayli gorizontal chiziqdan pastga engashadi, janubiy uchi ko‘tariladi. Bu hodisa magnit strelkaning engashuvi deyiladi. Bu gradus xalqasidan sanoq olish aniqligiga ta’sir etadi. Strelka gorizontal holatda turishi uchun janubiy uchi tomoniga pulat surma xomutcha bog‘lanadi.