Burchak o'lchash asboblari Reja


To‘rli masshtabdagi kartalar nomenklaturasiga



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə20/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Burchak o\'lchash asboblari

To‘rli masshtabdagi kartalar nomenklaturasiga 1:1000000 mashtabli davlat kartasi asos qilib olingan.
Karta varaqlarini belgilash sistemasi topografik karta nomenklaturasi deyiladi.
Kartani varaqlarga bo‘lish hamda varaqlar nomenklaturasini belgilash uchun butun er sharining yuzasi har 6° dan o‘tkazilgan meridianlar bilan 60 ta kolonnaga bo‘linadi: kolonnalar arab raqamlari bilan nomerlanadi, nomerlash uzoqlamasi 180° bo‘lgan meridiandan boshlanib, g‘arbdan sharqqa tomon 1 dan 60 gacha oshib boradi (3.7-shakl).
Kolonnalar ekvatordan boshlab, shimoliy va janubiy qutblarga tomon har 4° dan o‘tkazilgan parallellar vositasida qatorlarga bo‘linadi. Qatorlar o‘rni latin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. Yuqoridagidek o‘tkazilgan meridian va parallellar bilan er yuzasida 1:1000000 masshtabdagi kartalarning bir qancha trapetsiyasi hosil bo‘ladi. Har qaysi trapetsiya bitta alohida varaqda tasvirlanadi; meridian va parallel chiziqlar esa shu varaq ramkasi bo‘ladi. 1:1000000 masshtabdagi karta bir varag‘ining nomenklaturasi shu karta trapetsiyasi joylashgan qator o‘rnini ko‘rsatuvchi harf va kolonna nomeridan iborat bo‘ladi (masalan, K-42 va M-53). Qator va kolonnalarga bo‘lish, nomerlash, belgilash
3.7-shaklda to‘la ko‘rsatilgan.
Qatorning qaysi yarim sharda ekanligini bilish uchun nomenklatura oldiga shimoliy yarim sharda N harfi, janubiy yarim sharda esa S harfi yoziladi. Masalan, N, M-53 kabi.
Nutqaning geografik koordinatlari  (kenglik) va  (uzoqlik) ma’lum bo‘lsa, 1:1 000 000 masshtabli kartaning shu nuqta joylashgan varag‘ining nomenklaturasini anshqlash uchun qo‘yidagi formuladan foydalanish mumkin (kolonna nomeri t, qator nomeri p deb oliigan):

(3.5)
Agar   180° bo‘lsa,
(3.6)
bo‘ladi. Bu formuladan foydalanishda  va  larning faqat gradus qiymatlari tegishlicha 6 va 4 ga bo‘linib, butun bo‘linmalar olinadi va ular qiymatiga tegishlicha 31 va 1 qo‘shiladi. Masalan, shimoliy yarim sharda biror nuqtaning geografik koordinatalari  = 41° 18';  = 69° 17' deylik, shunda kolonna nomeri , qator nomeri esa bo‘ladi.
Latin alfavitining 11 harfi K bo‘lganidan karta varag‘ining nomenklaturasi N, K-42 ko‘rinishda yoziladi. Lekin mamlakatimiz faqat shimoliy yarim sharda joylashgani uchun karta, varag‘ining nomenklaturasini N harfini tashlab, K-42 ko‘rinishida yozish qabo‘l qilingan.



3.7-shakl.
1:1 000 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bulib, 1:500 000 masshtabdagi kartaning 4 varag‘i hosil qilinadi; ularning nomlari rus alfavitining bosh harflari A, B, V, G bilan belgilanadi va bu millionli varaq nomenklaturasi davomiga K-42-G tarzida yoziladi (3.8-shakl).

3.8-shakl. 3.9-shakl.
1:1 000 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ini 144 (12x12) bo‘lakka bo‘lib, 1:100 000 masshtabdagi karta varaqlari hosil qilinadi; bo‘lar 1 dan 144 gacha arab raqami bilan belgilanadi hamda varaq nomeri millionli varaq nomenklaturasi davomiga K-42-103 tarzida yoziladi (3.9-shakl).
1:50 000 va undan yirik masshtabdagi kartalar uchun 1:100 000 masshtabdagi karta varag‘i asos bo‘ladi. Nomenklaturalarni belgilashda
1:1 000 000 masshtabli karta nomenklaturasi ketidan 1:100 000 li karta varag‘ining nomeri, so‘ngra esa yirik masshtab varag‘ini belgilovchi harf yoki nomer yoziladi.
1:100 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ida 4 ta 1:50 000 masshtabdagi karta varag‘i joylashadi, bo‘lar rus alfavitining bosh harflari A, B, V, G bilan belgilanadi. Misolimizga tegishli 1:50 000 masshtabdagi karta varag‘ining nomenklaturasi K-42-103-B deb yoziladi (3.10-shakl).
1:50 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘iga 4 ta 1:25 000 masshtabli karta varg‘agi joylashadi, bo‘lar rus alfavitining kichik harflari a, b, v, g bilan belgilanadi va kerakli varaq hapfi 1:50 000 masshtabli karta varag‘i nomenklaturasi davomiga yoziladi, bunda 1:25 000 masshtabli karta nomenklaturasi hosil bo‘ladi. Misolimizda K-42-103-B-a bo‘ladi (3.10-shakl).
1:25 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ida 4 ta 1:10 000 masshtabli karta varag‘i joylashadi, bo‘lar 1-4 gacha arab raqamlari bilan nomerlanadi va karta nomenklaturasini belgilashda varaq nomeri yigirma besh mingli karta varag‘ining nomenklaturasi oxiriga yoziladi. Misolda K-42-103-B-a-1 bo‘ladi. Bu varaqlarning joylanishi va nomenklaturasi 6.4-shaklda ko‘r-satilgan.
1:5 000 va undan yirik masshtabdagi planni varaqlarga bo‘lish va nomenklaturasini belgilash uchun 100 000 masshtabli karta varag‘i asos qilib olingan.
1:100 000 masshtab karta varag‘ida 256 (16X16) ta 1:5000, masshtabli plan varag‘i joylashadi, va 1 dan 256 gacha arab raqamlari bilan iomerlanadi.
1:5 000 masshtabli karta varag‘ining nomenklaturasini belgilash uchun kerakli varaq nomeri yuz mingli karta varag‘i nomenklaturasi davomiga qavs ichida K-42-103-(26) tarzida yoziladi. (3.11-shakl).

3.10-shakl. 3.11-shakl.
1:5 000 masshtabdagi plan bir varag‘ida 9 ta (3X3) 1:2000 masshtabli plan varag‘i joylashadi, bo‘lar rus alfavitining kichik harflari, a, b, v, g, d, e, z, i bilan belgilanadi va ularning har biri besh mingli plan varag‘ining nomenklaturasi davomiga (qavs ichida) yoziladi. SHunda 1:2000 masshtabli plan nomenklaturasi hosil bo‘ladi. Masalan, K-42-103-(26-g) (5.6-shakl).
1:2 000 masshtabdagi planning bir varag‘iga 4 ta 1:1 000 masshtabdagi planning varag‘ini joylashtirish mumkin: bo‘lar 1, 2, 3, 4 raqamlari bilan belgilanib, ikki mingli plan varag‘i nomenklaturasi davomiga masshtabli plan nomenklaturasi hosil bo‘ladi: K-42-103-(26-g-3).

3.12-shakl.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin