Ko‘rish trubasining kattalashtirishi, x Ko‘rish maydoni, Qaratishdagi eng qisqa masofa, m
Mikroskopning kattalashtirishi, m Limbning diametri, mm:
gorizontal doira
vertikal doira
Limb bir bo‘lagining qiymati, l:
gorizontal .doira
vertikal doira
Sanoq olish mikroskopi bo‘lagining qiymati
Mikroskopdan sanoq olish aniqligi
Teodolit og‘irligi, kg
25
1°25'
2
—
100
72
10'
10'
—
—
3,1
15
2°
1
—
70
70
10'
10'
—
—
2
20
2°
1,2
18x
70
70
10'
10'
10'
1
2,2
25
1°30'
1,2
72x
76
72
1°
1°
1'
0,1°
3,0
27
1°30'
2
70x
90
70
1°
1°
1'
0,1°
3,6
Ba’zi teodolit trubalari ustiga maxsus moslama yordamida qo‘yma adilak o‘rnatilgan, bu bilan ko‘rish o‘qi gorizontal holga keltiriladi. Bunday teodolit yordamida nivelirlash ham mumkin. Metall limbli teodolit TT-5 (teodolit-taxeometr) ko‘proq tarqalganidan hozir ishlatiladi. Teodolitlarning dalnomer koeffitsienta K=1000,54 ga teng.
Burchak o‘lchash usullari. Asbobni ish holatiga keltirish va narsaga qaratish. Teodolit sinalib, tekshirilib, tuzatilgach, u bilan joyda gorizontal burchakni o‘lchash uchun quyidagi ishlar qilinadi:
1) asbob nuqtaga markazlashtiriladi;
2) gorizontal holatga keltiriladi;
3) truba kuzatishga tayyorlanadi.
Teodolit shovun yoki optik moslama yordamida markazlashtiriladi. SHovun bilan ishlaganda asbob shtativga o‘rnatilib, turgizish vinti bilan mahkamlangach, shtativ V nuqta ustiga qo‘yiladi, shtativ boshi taxminan gorizontal holatga keltiriladi va shtativ oyoqlari erga mahkam o‘rnatiladi. Bunda ko‘tarish vintlari rezbalar o‘rtasida turishi kerak. Keyin turgizish vinti ilgagiga shovunning ipi ilinib qaraladi. Agar shovunning uchi nuqta qozig‘i ustida turmasa, turgizish vinti bo‘shatilib, teodolit shtativ ustida shovun nuqta ustiga aniq kelguncha o‘ng-chapga suriladi. SHovun yukining uchi nuqta ustiga to‘g‘ri kelgach, asbob markazlashgan bo‘ladi, turgizish vinti mahkamlanadi.
Optik markazlash ancha aniq, buning uchun avval yuqoridagidek shovun bilan ishlanadi; keyin shovunni olib qo‘yib, turgizish vintini bir oz bo‘shatib, asbob shtativ ustida bir oz suriladi-da, optik markazlash iplar to‘ri doirachasi nuqtaga to‘grilanadi, keyin turgizish vinti mahkamlanadi.
Asbob limbi gorizontal holatga keltirilishi kerak; bu ish asbobni nivelirlash deyiladi.
Trubani kuzatishga tayyorlashda kuzatuvchi trubani avval o‘z ko‘ziga to‘g‘rilashi kerak.
Keyin trubani nuqtaga qaratish uchun limb mahkamlanib, alidada va truba bo‘shatiladi, truba ustidagi mushka yoki vizir orqali qarab truba narsaga to‘g‘rilanadi, kuzatiladigan narsa tasviri trubada ko‘ringach, truba va alidada mahkamlanadi. Narsa uzoqda bo‘lsa, kremaler vint chapga, yaqinda bo‘lsa, o‘ngga buralib, truba fokuslanadi, ya’ni narsa tasviri ravshanlashtiriladi. Keyin truba va alidada qaratish vintlarini burab iplar, to‘rining markazi nuqtaga aniq qaratiladi. Vexa erga qadalganda vertikal bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun vexaga qaraganda to‘r markazi vexa tagiga qaratiladi.
SHaklda ko‘rsatilgan VA va VS chiziqlar orasidagi burchakning (11.1-shakl) gorizontal qo‘yilishini o‘lchash uchun V nuqtaga asbob yuqoridagicha o‘rnatilgach, alidada bo‘shatilib, avval o‘ng nuqta A ga qaraladi-da po‘ sanoq olinadi, keyin chap nuqta S ga qarab pchsanoq olinadi. SHunda V nuqtadagi o‘ng burchak quyidagicha bo‘ladi:
=no‘-nch(11.1)
ya’ni burchak o‘ng sanoqdan chap sanoqning ayrilganiga teng. V nuqtadagi chap burchak ham bu burchak o‘ng sanog‘idan chap sanog‘ining ayrilganiga teng bo‘ladi. Misolda ning o‘ng canog‘i no‘ ning chap canog‘i, ning chap sanog‘i pch esa ning o‘ng sanog‘i bo‘ladi, shunga ko‘ra: =pch—po‘. Burchak o‘lchash usullari. Qo‘yilgan aniqlik talabiga qarab, teodolit bilan gorizontal burchakni o‘lchashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: 1) priyom usuli; 2) doiraviy priyom usuli; 3) takrorlash usuli; 4) nollarni to‘g‘rilash usuli va boshqalar.
11.1-shakl. 1. Priyom usuli. Teodolitni V nuqtaga o‘rnatib (11.1-shakl) ish vaziyatiga keltirgach, limbni mahkamlab, truba va alidada bo‘shatiladi-da, DO‘ holatida o‘ng nuqta A ga qaraladi, alidadani mahkamlab, I vernerdan gradus, minut va sekund (215°45'30"), II vernerdan esa minut va sekund (46'30") sanoqlari olinadi va ular maxsus burchak o‘lchash jurnaliga yoziladi (11.1-jadval); minut, sekundlarning arifmetik o‘rtasi hisoblanib (46'00"), «o‘rtacha» degan grafaga yoziladi (bunda markazlashmaslik xatosi yo‘qoladi), bu po‘ sanog‘i bo‘ladi. Keyin alidadani bo‘shatib, truba chap nuqta S ga qaratiladida yuqoridagicha sanoqlar olinadi va o‘rtachasi hisoblanib, «urtacha» grafasiga yoziladi (95°43'30"), bu pchsanog‘i bo‘ladi.
O‘rtacha grafadagi o‘ng sanoq po‘dan chap sanoq pch ayrilsa, burchak qiymati topiladi. Bu birinchi yarim priyom qiymati deyiladi (90°02'30"). Agar o‘ng sanoq chap sanoqdan kichik bo‘lsa, o‘ng sanoqqa 360° qo‘shib, chap sanoq ayriladi.
11.1-j a d v a l