Burchak o'lchash asboblari Reja


Asbob balandligi va asbob gorizonti



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə60/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Burchak o\'lchash asboblari

Asbob balandligi va asbob gorizonti. Nivelirlash va uning natijalari asosida hisoblash ishlarini bajarganda asbob balandligi bilan asbob gorizonti degan tushunchalar ko‘p uchraydi, ularni bir-biridan ajrata bilish kerak.
Hamma geodezik asboblarda asbob o‘rnatilgan nuqtadan trubaning aylanish o‘qigacha (teodolit, kipregellarda) yoki trubaning ko‘rish o‘qigacha (nivelirlarda) bulgan vertikal masofa (balandlik) asbob balandligi deb ataladi va i harfi bilan belgilanadi (15.2 va 3-shakllar). Asbobning har turishida o‘ziga xos balandligi bo‘ladi, u reyka yoki ruletka bilan o‘lchanadi (15.2-shaklga qarang). Nivelirlashda asbob balandligini o‘lchash uchun reykaga okulyarni qaratib ob’ektivdan qarab to‘r markazi reykada belgilanadi va shu nuqta balandligi o‘lchanadi.
Nivelirlarni gorizontal holatga keltirgandan keyingi ko‘rish o‘qining dengiz sathidan bo‘lgan balandligi (otmetkasi) asbob gorizonti deb ataladi va Ni bilan belgilanadi, uning qiymati hisoblab topiladi. Asbob gorizonti reyka qo‘yilgan nuqta otmetkasiga shu nuqtadagi reyka sanog‘ining qo‘shilganiga teng. Har stansiyaning o‘z asbob gorizonti bo‘ladi. Odatda asbob gorizonti ketingi nuqta sanog‘i orqali hisoblanadi. SHunga ko‘ra, ketingi nuqta otmetkasini Na desak,
Ni=Na+a (15.6)
bo‘ladi; oldingi nuqta otmetkasi Nv bo‘lsa,
Ni=Nv+b
bo‘ladi.
Asbob gorizonti murakkab nivelirlashda oraliq nuqtalar olingan stansiyalardagina hisoblanadi va uning qiymati asosida oraliq nuqtalar otmetkasi hisoblab chiqariladi, Masalan, oraliq nuqta sanog‘ini s, uning otmetkasini Ns desak
Ns=Ni —s (15.8)
bo‘ladi, ya’ni oraliq nuqta otmetkasi asbob gorizontidan oraliq sanoqning ayrilganiga teng.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin