Burjua sport harakati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə34/60
tarix10.07.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#117381
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
13.jismoniy-tarbiya-va-sport-tarixi

Angliya birinchi jahon urushi natijasida g`olib mamlakatlar qatoriga kirgan edi. Ammo bu hol uning iqtisodiy va siyosiy ahvolini mustaxkamlamadi.
B. Shou o`zining «Mafusailga qaytish» nomli asariga yozgan muqaddimasida Angliya maktablaridagi tarbiyani juda aniq qilib hamda haqqoniy tarzda xarakterlab berdan edi: «Imtiyozli maktabda bolani turli yo`l bilan bema`nilikka, axloqsizlikka o`rgatiladi, uni tekin daromad olishga asoslangan bizning jamiyatimiz mohiyatiga ko`ra aldaydilar, unga be`manilik, dabdabalik va vatanparvarlikka ishonch ruhi singdirildi, ammo uni otishga, otda chopishga, jismoniy kuchini o`stirishga o`rgatish kerak bo`lganda, u o`zining bu mashqlarning xammasini yaxshi, hatto iloji boricha a`lo darajadabajarishini chinakam istaydigan odamlardan eng malakali yordam va yo`l-yo`riq oladi. Ular mushtlashishini din yo`lidan boorish, o`ldirishni esa erkak kishining ziynati, deb tushunadilar.
AQSHda maktab, o`rta va oliy o`quv yurtlari yordamida yoshlarni o`z ideologiyasi ruhida tarbiyaladi, ularni jahonga hokim bo`lish bo`lish planlarini amalga oshirishga, «amerikacha yashash»ni propaganda qilishga tayyorladi. Amerika cherkovi, harbiy boshqarma va juda ko`p yarim sport-yarim harbiy tashkilotlar, masalan, «Amerika legioni» kabi tashkilot ham ana shu maqsadda ish olib bordi». Jismoniy tarbiya burjuaning butun tarbiya sistemasining bir qismiga aylana bordi. 1920 yilda AQShning Sport rahbarlari va universitetlardagi o`yinlar jamiyati komiteti jismoniy tarbiya vazifalarini aniqlar ekan, uning muhim vazifasi yoshlarni itoatgo`ylik va intizomlilik ruhida hamkorlik qilish, o`z manfaatidan voz kechish ruhida va ularda Amerika jamiyati uchun zarur bo`lgan boshqa fazilatlarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat deb ko`rsatildi.
Bir qancha kapitalistik mamlakatlarda birinchi va ikkinchi jahon urushlari o`rtasidagi davrda jismoniy tarbiyasi tizimida yangi usullar keng tarqaldi. Bu usullar armiya va maktablarda jismoniy hamda harbiy tayyorgarlik sohasida o`tkazilgan islohotlarga bog`liq ravishda paydo bo`lgan edi. Yangi usullar xukmron sinflarining buyurtmasini bajarishga qaratilgan edi.
Ular bu usullarni birinchi galda maktab yoshidagi va harbiy xizmat yoshiga yetgan yoshlarni tarbiyalash uchun yaratdilar.
O`sha yillarda muvozanat saqlash nazariyasi deb ataluvchi nazariya keng tarqaldi. Uning mohiyati shundan iboratki, jismoniy tarbiya texnika taraqqiyoti tufayli odamning yo`qotgan jismoniy kuchini tiklash kerak edi. Bunda asosiy e`tibor insonni har tomonlama o`stirishga emas, balki uni jismoniy jixatdan mustaxkamlashga qaratildi, masalaning tub mohiyati esa mehnatkashlarning ekspulatatsiya qilishning og`ir formalarida emas, balki taraqqiy etib borayotgan ishlab chiqarish texnikasida deb qaraldi.
K.Gaulgofer va M.Shtrayxerning Avstriya tabiiy maktab gimnastikasi metodikapitialistik mamlakatlar, ayniqsa Boltiq bo`yi davlatlari Polsha, Avstriya va Germaniya maktablarida keng tarqaldi.
Bu gimnastika metodi birinchi jahon urushidan keyin Avstriya va boshqa bir qator mamlakatlarda maktab ta`limi sohasida o`tkazilgan burjua islohatlari bilan bog`liq ravishda paydo bo`lgan edi. Avstriya tabiiy maktab gimnastikasi imperialistik urushgacha Avstriya-Vengriya maktablarida tarqalgan nemis A. Shissning sun`iy va to`qilgan maktab gimnastikasining o`rinini bosishi talab etilgan edi.
Gaulgofer va Shtrayxer maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiya darsini batafsil ishlab chiqdilar. Ular darsni uch qismga bo`lib, ularga quyidagi mashqlarni kiritdilar:
Birinchi gruppa-jonlantirish mashqari (tez yugurish, yugurish, irg`ish bajariladiga o`yinlar, nafas mashqlari);
Ikkinchi gruppa-gavda uchun asosiy mashqlar, muvozanat saqlash, kuch va chaqqonlik mashqlari (yugurish, yurish va sakrash);
Uchinchi gruppa-tinchlantirish mashqlari (yugurmasdan bajariladigan o`yinlar, sekin yugurish). Shuningdek, ular ekskursiya, ochiq havoda o`ynaladigan o`yinlar, suzish, chang`i va chanada yurish, gimnasitika mashqlari bajarish (10 minut davomida) hamda sinf mashg`ulotlari paytida minutlari o`tkazishni taklif etdilar.
Avstriya gimnastika maktabining juda ko`p o`qituvchilari ikkinchi jahon urushi oldida Avstriya va Germaniyadagi fashistlar yo`lboshchilarining xizmatida bo`lgan edi. Fashirtlar armiyasi rezervlarini jismoniy va ideologik jihatdan tayyorlash ishida Avstriya tabiiy gimnastikaning ijodkorlari K.Gauldofer va M. Shtrayxer muhim rol o`ynadi.
Gaulgofer va Shtrayxer ning fikriga ko`ra, organism va uning ayrim qismlari ularga meros qolgan qobiliyatlari doirasidagini tarqqiy etishi mumkin. Bu nazariya fanga xilof xarakterdaligi shubxasidir. Ma`lumki, inson faqat tabiatnigina emas, balki tabiatning bir qismi sifatida so`zini ham o`zgartiradi.
Avstriya maktab gimnastikasi hamda daniyalik N.Bukning asosiy gimnastikasi bilan bir qatorda «ruh va gavda garmoniyasi» g`oyasini targ`ib etgan Zurening gigenik gimnastikasi metodlari, individual-tabiiy taraqqiyot nazariyasini haddan tashqari maqtagan Bode metodi va boshqalar G`arbiy Yevropa mamlakatlarida keng yoyildi. Butunlay biologik asosda yaratilgan bu metodlar yoshlarni sinfiy kurashning eng muhim vazifalaridan chalg`itishga qaratilgan edi. Gimnastika metodlarining barchasi yoshlarni yangi jahon urushida jismoniy, harbiy va ideologik jihatdan tayyorlashni o`z oldiga vazifa qilib qo`ygan burjua sporti va gimnastikasining ajralmas qismi edi.
AQShda 1926 yilda korxona egalariga qarashli sport turlari taxminan 2 million kishi bor edi. 1930 yillarga kelib bu klublarning a`zolari ikki barobar ko`paydi.chikogo borxonalarining biridagi faqat bitta sport klubida 28 mingdan ziyod a`zo bo`lgan. Bu korxonaga ishga kirishni istovchi xar bir ishchining zavod sport klubiga a`zo bo`lishi shart qilib qo`yilgan edi.
Mehnatkashlarni o`z ta`siri ostiga olish maqsadida ommaviy sport tomoshalarining assotsiatsiyalari, AQSh va Angliyadagi aktiv dam olish assotsiatsiyalari, Germaniyadagi «Quvonch tufayli kuch paydo bo`ladi», Italiyadagi «Ishdan keyin dam olish» va shular singari ommaviy tashkilotlarning keng tarmoqlarini vujudga keltirdi. Bu tashkilotlar o`zlarining doimiy a`zolariga ega emas edi.
Ular korxonalar, stadionlar, plyajlar, shahar istirohat bog`lari, shaxar tashqarisidagi sayr qilish joylarida, qishda esa sport zallarida ish olib borar edi. Masalan, AQSh ning Aktiv dam olish assotsiatsiyasining 1929 yildagi hisobatidabir yil ichida mamlakatning 7680 sport maydonlari va maydonchalarida 270 milliondan ko`proq kishi ishtirok etganligi ko`rsatilgan. Ularga qariyb, 23 ming malakali instruktor raxbarlik qilgan. Amerika burjuaziyasi aktiv dam olishni tashkil etishga mag`lab sarfladi. Faqat 1930 yilning o`zida ana shu maqsadlar uchun shaxar munitsipalitetlari va xususiy tashkilotlar tomonidan 33,5 milliondan ko`proq dollar sarflanadi.
Professional sport –sport harakatidagi eng harakatli hodisadir. Birinchi jahon urushidan so`ng o`z foydasini o`ylovchi tadbirkorlar sportdan tomashabinlarni qiziqtiradigan va ularda eng yaramas niyatlarni uyg`otadigan tomosha sifatida keng ko`lamda foydalana boshladilar. Professional sportning taraqqiy etishi AQSh, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda katta foyda keltiradigan stadionlar, sport inshoatlari qurish, matchlar va musobaqalar o`tkazish bo`yicha sport seksiyalari hamda komandalarni tuzishga olib keldi. Mashhur negr progressiv arbobi va tinchlik kurashchisi Pol Robson AQSh dagi professional sportning mohiyatiga shunday deb baho bergan edi: «Boks ringlarining tadbirkorlari ham, futbol klublarining xo`jayinlari ham, stadion egalari ham ularning hammasi faqat tekin foyda olish haqida, sportni biznes tarmog`iga aylantirish to`g`risida o`ylaydi».


?
Yangi davrdagi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi qanday bo'lgan?
Yangi davrda havaskorlik sporti va professional sport­ning farqi nimada?
Rekreatsion sport tushunchasi nima?
XX asr oxirlarida chet el mamlakatlarida jismoniy madaniyat va sport taraqqiyotining xususiyatlari nimalardan iborat?

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin