Jismoniy tarbiyaning maqsadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni mehnatga, Vatan mudofaasiga va sog’lom turmush tarzi asosidagi hayotga tayyorlashdan iborat.
Gimnastika. Gimnastika yunoncha “gimnos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib “yalang’och” degan ma’noni anglatadi.
Abu Ali ibn Sino davolash jismoniy mashqlarini qismlarga ajratishi: Tez harakatlar
Nozik va yengil harakatlar
Kuchli harakatlar
O’ta kuchli harakatlar
Gavda uchun harakatlar
Olimpiya o’yinlarining vatani. Olimpiya o’yinlarining vatani qadimgi Yunoniston bo’lib, Olimpiya shahrida utkazilgan va shu shahar nomi bilan yuritilgan.
Qadimgi Olimpiya o’yinlari. Qadimgi Olimpiya o’yinlari Qadimgi Yunonistonning Olimpiya shahrida har 4 yilfa bir marta o’tkazilgan.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari.Zamonaviy Olimpiya o’yinlari 1896 yildan boshlab har 4 yilfa bir marta jahonning turli shaharlarida o’tkaziladi.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlarining asoschisi. Zamonaviy Olimpiya o’yinlarining asoschisi fransuz jamoat arbobi Per de Kuberten.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ)ning birinchi prezidenti. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ)ning birinchi prezidenti yunoniston vakili Dimetrius Vikelas bo’lgan.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ)ning rasmiy tili.Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ)ning rasmiy tili fransuz va ingliz tillari hisoblanadi.
«Ramz» so’zining ma’nosi. Ramz- yunoncha so’dan kelib chiqqan bo’lib, «belgi», «tanilish» degan ma’noni bildiradi.
Olimpiya o’yinlarining ramzlari.Olimpiya o’yinlarining ramzlariga Olimpiyada o’yinlarining bayrog’i, madhiyasi, shiori, beshta rangli xalqalar kiradi.
Olimpiya o’yinlarining shiori. Olimpiya o’yinlarining shiori lotincha “Citius, Altius , Fortius” so’zlardan olingan bo’lib, “Tezroq, balandroq, kuchliroq” degan ma’nolarni bildiradi.
Olimpiya o’yinlarining rangli xalqalari.Olimpiya o’yinlarining rangli xalqalari beshta qit’ani bildiradi: moviy – Yevropa, qora – Afrika, qizil – Amerika, sariq – Osiyo, yashil – Avstraliya.