Buxgalteriya hisobi



Yüklə 159 Kb.
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü159 Kb.
#140426
1   2   3   4
4-mavzuBuхgаltеriya hisоbidа mаtеriаl хаrаjаtlаri hisоbini yuritish

Ho`jalik mablag`lari


Ho`jalik jarayonlari ma`lum mablag`lar yordamida sodir buladi. Ishlab chiqarish korxonasi imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag`lari, nomoddiy aktiv va shu kabi boshqa mablag`larga ega buladi. Ular barchasini korxona xar xil mablag`lardan - umumdavlat fondidan, aksiyalarini chiqarish va sotish, muassasalarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan karzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan oladi. Ho`jalik faoliyatini to`g`ri boshqarish uchun ushbu korxona kanday mablag`larga mavjud, ular kanday joylashgan xamda bu mablag`lar kanday man`balardan olingan va ular kanday maqsadlarga mo`ljallanganligi bilish kerak.
Shunga karab korxonaning barcha mablag`lari ikki kismga guruxlanadi:
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga karab, ikkinchidan, tashkil topish manbai va kanday maqsadga atalganligiga karab.
Mablag`larni ularni turlari va joylanishi buyicha guruxlash korxona ho`jalik faoliyatining xususiyatlariga boglik buladi. Ishlab chiqarish (sanoat) korxonasiga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag`lar bulishi kerak. Undan tashqari u muomila jarayonining ikki boskichi - ta`minot va sotishda ishlatiladigan mablag`larga ega bulishi kerak. Odatda korxonalar korxona xodimlarining extiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag`larga xam ega bulishadi. Shunday qilib, korxona mablag`lari uzlarining turlari va joylanishi kuyidagi guruxlarga bulinadi: ishlab chiqarish vosi-talari, muomila soha (sfera)sidagi mablag`lar, noishlab chiqarish sohasidagi mablag`lar.
Ishlab chiqarish vositalari mexnat vositalari va mexnat buyumlaridan iborat.
Mexnat vositalari insonning ishlanayotgan buyumlarga ta`sirini utkazuvchi hisoblanadi. Mexnat vositaliri tarkibida ishlab chiqarish kurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni uynaydi. Ishlab chiqarish kurollari yordamida ishchi mexnat buyumlarini tashki ko`rinishini uzgartiradi, ular ga yangi tuye beradi, ularni mexnat maxsuliga aylantiradi. Mexnat vositalariga shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va ho`jalik inventarlari xam kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib beradi, uni to`g`ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mexnat vositalariga umumiylik shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddatda katnashadilar, kuplab ishlab chiqarish sikllariga xizmat kiladilar va shu bilan birga tashki ko`rinishlari va xususiyatlarini uzgartirmasdan saklab koladilar. Shu bilan bir vaqtda mexnat vositalari uzlarida joylashtirilgan mexnatni asta-sekin mahsulot ishlab chiqarish chikimlariga va davr xarajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko`rinishida) utkazadilar. Bu ularning eskirishiga va kiymatini kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aksivlarga ega bulishi, kapital kuyilmalar xamda uzoq muddatli moliyaviy kuyilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Uzoq muddatli bulgan xolda, sezilarsiz aktivlar nomoddiydir, (fizik shakliga ega emas). Nomoddiy aktivlar uz egalariga uzoq muddatli xukuklar yoki afzalliklar beradi. Nomoddiy aktivlarga patetntlar, mualliflik xukuklari, firmaning baxosi, savdo markalari, aloxida imtiyezlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar xam asosiy vositalar singari ulardan foydalanish muddatida uzlarining kiymatini mahsulot ishlab chiqarish chikimlari va davr xarajatlariga asta-sekin utkazib boradi.
Korxonalar shuningdek uzoq muddati harakterga ega bulgan boshqa aktivlarga xam kapital kuyilmalar kuyishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi obyektlarni ko`rish va hokazolarni kiritish mumkin.
Moliyaviy uzoq muddati kuyilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga xamda boshqa korxonalarga karz berish uchun bush kolgan pul resurslarini kuyishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Uzbekiston: bozor iktisodiyotiga utishning uziga xos yo`li. - T. Uzbekiston, 1995.

  2. Karimov I.A. Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo`lida. - T. Uzbekiston, 1995.

  3. M. Ostonakulov. Buxgalteri hisobi nazariyasi. Toshkent "Uzbekiston" 1993 y.

  4. M. Umarova, U. Eshboyev, K. Axmadjonov. Buxgalteriya hisobi. Toshkent "Mexnat" 1999 y.

  5. www.ziyonet.uz

Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin