Buxgalteriya hisobi va audit” ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Iqtisodiy tahlil” fanidan 1-oraliq nazorat uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarish yuzasidan yo‘riqnoma



Yüklə 19,33 Kb.
səhifə1/3
tarix25.11.2023
ölçüsü19,33 Kb.
#134644
  1   2   3
BHA yo'nalishi talabalari uchun oraliq nazorat topshiriqlari


Buxgalteriya hisobi va audit” ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Iqtisodiy tahlil” fanidan 1-oraliq nazorat uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarish yuzasidan
YO‘RIQNOMA


1. Mustaqil ta'lim topshiriqlari har bir akademguruhlardan tanlab olingan miniguruhlarga biriktirilgan talabalarga hamkorlikda ishlash maqsadida beriladi. Bunda miniguruhlarga o‘quv tadqiqot loyihasini (keyingi o‘rinlarda O‘TL deb yuritiladi) tayyorlash uchun mavzular beriladi.
2. O‘quv tadqiqot loyihasining tuzilishi, mazmuni va rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar:
O‘TL MS Word matn muharririda chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 smdan, Times New Roman 14 shriftda 1,5 intervalda yoziladi.
O‘TL tuzilishi jihatdan titul, kirish, mavzuni ochib beruvchi savollar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi. Mavzuni yoritishda bir qator adabiyotlardan havolalar (snoska) keltirish, olimlarni fikrlarini jadval ko‘rinishida umumlashtirish, ularning bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlariga muallif sifatida munosabat bildirish, amaliy ma'lumotlardan foydalanish, tahliliy jadvallar, ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish hamda ularni tahlillari asosida xulosalar shakllantirish lozim. Ishda rasm va jadvallar bo‘lishi shart. Kirish qismida mavzuni dolzarbligi strategik ahamiyatdagi normativ-hujjatlar (Jumladan, O‘zbekiston-2030 strategiyasi, Prezident nutqlari va h.z.)dan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘TLning hajmi 20 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
Berilgan mavzuni ochib berishda omilli tahlil, SWOT, PEST, 5W&1H kabi mantiqiy tahlil usullaridan foydalanish shart.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida O‘TLni bajarishda haqiqatda foydalanilgan, snoskalar berilgan manbalar kiritilishi zarur. Adabiyotlar va manbalar soni 15 tadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
3. Baholash mezonlari. O‘TLning berilgan talablar asosida bajarilganligi, rasmiylashtirilishiga 10 ball.
Miniguruh a'zolari tomonidan bajarilgan O‘TL HEMIS dasturiga har bir talaba tomonidan alohida yuklanadi. Faqat, talaba O‘TLning o‘zi tomonidan tayyorlangan qismini qizil rangda belgilab qoyishi kerak. O‘TL fayli talabaning guruhi, ismi va sharifi bilan nomlangan holda yuklanadi.

Yüklə 19,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin