15
Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy
banklari tomonidan keng
qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash,
monetar targetlash, valyuta kursini
targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.Inflyatsiyaning maqsadli
ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad
hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab
farqlanadi.
Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida
amalga oshirilgan chora-
tadbirlar hamda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadlarning belgilanishi
inflyatsion targetlashga o‘tish uchun tayanch shart-sharoitlar yaratadi.
Xalqaro tajribaga asosan, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha makroiqtisodiy sharoitlar mavjudligini va kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilishini talab qiladi:
pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni transmission mexanizm samaradorligini
oshirish;
valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish;
pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi
zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish;
banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va rivojlantirish;
Dostları ilə paylaş: