Buxgalteriya hisobi va audit


J.M.Keynsning pul-kredit siyosati



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

J.M.Keynsning pul-kredit siyosati 
Keynschilik-
iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida 
bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida 
bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi 
ingliz iqtisodchisi 
John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning 
„Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936
) asarida bayon etilgan. 20-asrning 
boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy 
tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik 
siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla 
samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. 
Keynschilikning asosiy gʻoyasi- bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu 
sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning 
asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga 
„samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning 
yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini 
koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga-isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. 
vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy 
ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, 
umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar 
oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil 
boʻladi. Keyns oʻzining „bandlik nazariyasi“ asosida iqtisodiyotni tartibga solish 
tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini 
ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi 
umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi 
isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy 
beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib 
keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat 
taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, 
ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan 
ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana 
muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori 
sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul 
siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns 
nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat 
saqlanishi mumkin. Keyns investitsiyaga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, 


17 
investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni 
tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy 
bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (
qarang Multiplikator 
nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta 
solishtirma
hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning 
koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli 
investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini 
kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va 
ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi. Davlat tomonidan iqtisodiy 
jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, 
imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga 
bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat 
shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib 
boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib 
boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq 
foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns 
nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib 
kelmaydi. 3-6 % ishsizlik norma deb qaraladi va „toʻla bandlik“ sifatida talqin etiladi. 
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta 
taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan 
bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan 
keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya). 20-
asrning 
70-yilarida 
sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlar 
taraqqiyotida 
ijtimoiy 
yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, 
ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi 
davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda 
liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk 
Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va 
iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida 
yanada rivojlantirildi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin