Buxgalteriya hisobi va audit


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 2022-2026 yillarga



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 2022-2026 yillarga 
mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi" gi PF-60-sonli 
Farmoni. 
 
 



MAVZU: MONETAR SIYOSATNING NAZARIY ASOSLARI (2 soat)
REJA: 
1. “Monetar siyosat” tushunchasining mazmuni. 
2. Monetarizm pul-kredit konsepsiyasi.
3. J.M. Keynsning pul-kredit konsepsiyasi. 
4. Tobinning portfelli tahlil nazariyasi.
Tayanch so‘z 
va 
iboralar
:
 
monetar siyosat, pul-kredit siyosati,pul taklifi, iqtisodiy 
konyuktura, YaIM deflyatоri,
 neoliberalism.
“Monetar siyosat” tushunchasining mazmuni. 
 MONETARIZM
-iqtisodiyot nazariyasidagi G’arbda keng tarqalgan neoklassik oqim 
nazariyalaridan biri. Monetarizm sof bozor iqtisodiyoti nazariyasi hisoblanib, uning 
bosh g’oyasi bozor mexanizmi iqtisodiy o’sishini ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy 
vositasi pul degan xulosadan iborat. Monetarizm nazariyasi asoschilari M. Fridman, F. 
Keygan, A. Keltsar, D. Leyder va boshqalar bo’lib, ular o’sishning eng muhim sharti 
inflyatsiyani yo’qotish va pulni sog’lomlashtirish, pulni xo’jalik muomalasi vositasiga 
aylantirish deb qaraydilar. Ular pulning barqarorligi va iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy 
bog’lanish borligini qayd etgan holda, iqtisodiy inqirozlarning sababini pul 
muomalasidagi buzilishlardan axtaradilar. 
Monetarizm
(lot.Moneta-tanga, pul)-davlatni 
iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-asr ning 50-
yillarida Milton Fridmen asos solgan. Monetarizm M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), 
O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va boshqa asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va 
uning safdoshlari J.M.AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan 
pulli omillarni afzal koʻradilar. Monetarizm iqtisodiyot nazariyasidagi neoliberalizm 
oqimiga kiradi, taʼminlash va iktisodiy oʻsish mexanizmini yaratish muammolari bilan 
shugʻullanadi va bu mexanizmda asosiy eʼti-borni pulga qaratadi.Monetar siyosatga
koʻra, iqtisodiy jarayonlarda, xoʻjalik yuritishda muomaladagi pul miqdori va pul 
massasi bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalar belgilovchi oʻrinda turadi. Monetaristlar 
pul emissiyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit foizi, soliq 
stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatishning asosiy usullari deb 
biladilar. Fiskal siyosat oʻrniga faol pul-kredit siyosatini qoʻllash taklif etiladi. 1963-yil 
Fridmen tomonidan"AQShning 1867-1960-yillarda pul tarixi" kitobi (Anna Shvars bilan 
hammualliflikda) bosilib chikdi. Bu kitobda M. konsepsiyasi uzining ishonchli 
tasdigʻini topdi. Mazkur kitobda AQShdagi Buyuk depressiyaning asosiy sababchisi 
Markaziy bank ekanligi kursatilgan. Monetar konsepsiya AQSH amaliyotida yaxshi 
natija berdi. M. gʻoyalari 20-asrning 80-yillaridan Gʻarb mamlakatlarida davlat 
iqtisodiy si-yosatiga singdirildi, uning tavsiyalari amaliyotga joriy qilindi. AQShda 
"reygonomika" (AQSH prezidenti R. Reygan nomi bilan bogʻliq) siyosati shu tavsiyalar 
asosida ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Natijada AQSH iqtisodiyoti 70-yillarda yuz 
bergan tanglikdan chiqib rivojlanish yulga utdi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin