Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

chambarchas bog‘liq:
valyuta kursining maqsadli ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlashda markaziy 
banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi. 
Zaxiralarning yetarlicha bo‘lmasligi valyuta kursining kadrsizlanishiga olib keladi, bu 
esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va inflyatsion kutilmalarni oshiradi. Bu, o‘z 
navbatida, import narxlarining oshishiga hamda ichki valyuta bozorida cheklovlarning 
o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona valyuta bozori va turli ayirboshlash 
kurslarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi; 
milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi amalga 
oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi oqibatida inflyatsiya 
darajasi oshishi xatari yuzaga keladi; 
nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash kursining 
oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda devalvatsion xatarlarning 
ortishiga olib keladi; 
narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi markaziy 
banklarning 
moliyaviy 
barqarorlikni 
ta’minlashdagi imkoniyatiga nisbatan 
ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni ta’minlashga foiz 
stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotning real 
sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari tajribasi 
ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli darajada kamayishi, 
kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar 
raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori rivojlanishining sekinlashishi va 
iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni 
keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Pul-kredit siyosatining nominal 
mo‘ljalsiz rejimida markaziy banklar tomonidan aniq bir maqsadli nominal 
ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha majburiyat olinmaydi. Bunda uzoq muddatli 
maqsadlar sifatida iqtisodiy o‘sish sur’ati, yuqori bandlik va inflyatsiyaning past 
darajasi kabi maqsadlar belgilanib, oraliq mo‘ljallar esa keng jamoatchilikka oshkor 
etilmaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlariga erishishda 


63 
markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatining turli miqdoriy mo‘ljallaridan 
foydalaniladi. Inflyatsiya darajasi past va kam o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lgan 
hamda pul-kredit siyosati choralarining natijasi uzoq muddat talab qiladigan 
mamlakatlarda mazkur rejimdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin