Buxgalteriya hisobi va audit


Inflyatsion targetlash rejimining



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

. Inflyatsion targetlash rejimining 
amaliyotga joriy qilish xususiyatlari turli mamlakatlarda bir-biridan farqlansa-da, 
umuman olganda, erishilgan natijalar mazkur usulning rivojlangan mamlakatlar, 
shuningdek, o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida samarali bo‘lganligidan 
dalolat beradi.
 
Inflyatsion targetlash rejimining joriy qilinishi iqtisodiy siyosatni keng 
ko‘lamda takomillashtirishni talab etadi. 


65 
Misol uchun, Lotin Amerikasida inflyatsion targetlashning qo‘llanilishi soliq-byudjet 
siyosatining ham qayta ko‘rib chiqilishini taqozo qilgan. Shuningdek, inflyatsion 
targetlash rejimini amaliyotga joriy qilgan mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
sifatining yaxshilanishi, markaziy bankning texnik hamda tahliliy-prognozlashtirish 
imkoniyatlarining oshishi kuzatiladi. Inflyatsion targetlashning natijadorligi ko‘p 
jihatdan pul-kredit siyosati foiz kanali samaradorligiga bog‘liqligini inobatga olib, 
xorijiy mamlakatlarda asosiy e’tibor moliya tizimini rivojlantirish va barqarorligini 
ta’minlashga qaratilmoqda. 
O‘zbekistonda inflyatsion targetlash rejimini joriy etish istiqbollari 
Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining 
bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilishi munosabati 
bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining bosh 
maqsadi sifatida belgilandi. Bunda inflyatsiya sur’atini pasaytirish va uni past darajada 
saqlab turish o‘rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi. Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi 
pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga 
qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar 
barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi. O‘zbekiston 
sharoitida inflyatsion targetlash rejimining tanlanishi qator sabablar bilan izohlanadi. 
Birinchidan, bugungi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatining ta’sirchan 
rejimi sifatida o‘zini namoyon qilib, o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini 
ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi rejim hisoblanadi. Ikkinchidan, monetar 
agregatlar yoki valyuta almashuv kursini targetlash kabi rejimlarning amaliyotga 
qo‘llanilishi tajribasi ularning O‘zbekiston sharoiti va zamonaviy talablarga mos 
kelmasligini ko‘rsatmoqda. Xususan, valyuta almashuv kursini targetlash rejimida 
kursning doimiy tarzda maqsadli darajada saqlab turilishi xalqaro rezervlarni sezilarli 
darajada kamaytirib, valyuta inqirozining kelib chiqish xatarini oshiradi. Valyuta 
almashuv kursini targetlash rejimida valyuta kursini mos ravishda o‘zgartirish orqali 
tashqi salbiy ta’sirlarni mo‘tadillashtirish imkoniyati cheklanadi. Bundan tashqari, 
mazkur rejimda Markaziy bankning asosiy e’tibori faqatgina valyuta almashuv 
kursining maqsadli darajasini ta’minlashga qaratilishi tufayli ichki maqsadlarga 
qaratilgan mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati cheklanadi. Boshqa 
tomondan, iqtisodiyotni liberallashtirish va tarkibiy o‘zgartirish, shuningdek, xufyona 
iqtisodiyotning sezilarli darajada mavjud bo‘lishi sharoitlarida pul agregatlarining 
keskin o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, monetar targetlash rejimi 
doirasida maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘rnatish va unga erishish vazifasini 
murakkablashtiradi. Shu bilan birga, pul agregatlari va inflyatsiya orasidagi barqaror 
bog‘liqlikning pasayishi monetar targetlash rejimi samaradorligini kamaytiradi. 
Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlar hamda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadlarning 
belgilanishi inflyatsion targetlashga o‘tish uchun tayanch shart-sharoitlar yaratadi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin