Valyuta kursi kanali . Mazkur kanal ta’siri pul-kredit
siyosati shartlarining o‘zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar
va xizmatlarga bo‘lgan nisbiy talabning o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi.Boshqa
tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy
aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o‘zgarishiga olib kelib, almashuv
kursiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi
jarayonida milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion
kutilmalarini oshirib, valyuta kanalining inflyatsion kutilmalar kanali bilan aloqasini
kuchaytirdi.Bunda, inflyatsion targetlashga o‘tish almashuv kursining erkin bozor
sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi kanali va aholining
inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib
borilishi o‘rta muddatli davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. (
valyuta siyosati qismida batafsil yoritilgan ).
Inflyatsion kutilmalar kanali pul-kredit siyosatining
inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olinishi lozim
bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qarorlar
qabul qilishlarida nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi o‘zgarish
ehtimolini ham inobatga olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy ahamiyat kasb
etadi. Xususan, korxona va tadbirkorlar narxlarni o‘rnatishlari va kelajakda ish haqi
o‘zgarishini baholashlari uchun inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi.Shu o‘rinda,
mazkur kanalning asosiy xususiyati korxona va tashkilotlar tomonidan maxsulot va
xizmatlar narxlarini shakllantirilishida namoyon bo‘ladi. Bunda, kelajakda inflyatsiya
darajasining oshishini kutayotgan korxona va tashkilotlar narxlarni oshiradi, bu esa joriy
inflyatsiya darajasining o‘sishiga olib keladi.Shuni ta’kidlash joizki, kutilmalar kanali
yuqorida keltirilgan to‘rtta kanallarning barchasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, pul
bozoridagi foiz stavkalari dinamikasining shakllanishi ko‘p jihatdan kelajakda
kutilayotgan stavkalar darajasiga bog‘liqdir.Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning
markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi jamiyatda
inflyatsiyani markaziy bank tomonidan to‘la nazoratga olish borasidagi shubhalarni
keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin oshirish zaruriyatini tug‘dirishi
mumkin. O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va erkinlashtirish
jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion kutilmalar oshishi va kelajakda
ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.Inflyatsion targetlash rejimiga
o‘tish Markaziy bankning kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan siyosatiga
jamoatchilik ishonchini oshirish va shu asnoda ijobiy inflyatsion kutilmalar
shakllanishiga erishishni talab etadi.Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
kelajakda narxlar o‘zgarishi yuzasidan kutilmalarini baholash va monitoring qilish,
shuningdek, mazkur kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni atroflicha o‘rganish maqsadida 2018 yildan boshlab Markaziy bank
tomonidan iste’mol narxlari dinamikasi va inflyatsion kutilmalarni o‘rganish yuzasidan
kuzatuvlar va so‘rovlar olib borish amaliyoti joriy qilindi.Bunda, Markaziy bank
tomonidan inflyatsion kutilmalar shakllanish jarayonini o‘rganish, tahlil qilish va ularni
modellashtirish salohiyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.