Buxgalteriya hisobi va audit


Ochiq bozor operatsiyalari



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

 
Ochiq bozor operatsiyalari 
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor 
instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi. Pul-kredit siyosatining 
faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion 
ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda 
o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. 
Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab 
chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:
operatsion maqsadlarga erishish; 
likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish; 
pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada 
shakllanishini ta’minlash; 
instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish; 
bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar. 


74 
Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument turlarini Markaziy 
bank tomonidan bosqichma-bosqich ko‘paytirilib boriladi. 
Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, 
ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga:
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi kimoshdi 
savdolari; 
garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish; 
davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular bo‘yicha RYePO 
operatsiyalari; 
milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar kiradi. 
Ochiq bozor operatsiyalarini o‘tkazishda asosiy e’tibor o‘tkaziladigan operatsiya 
muddatlarining likvidlik maqsadli darajasi bilan muvofiqlashtirish, bozorni yanada 
rivojlantirish, operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarining ishonchliligi va 
shaffofligini ta’minlash qabi vazifalarga qaratiladi. Qayd etish lozimki, respublikamizda 
1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilib ular tijorat 
banklari o‘rtasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qog‘ozlarini 
muomalaga chiqarilishi to‘xtatilgan. Davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga 
chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha imkoniyatlar 
mavjud bo‘lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan. Xalqaro amaliyotda davlat 
qimmatli qog‘ozlarining doimiy muomalada bo‘lishi nafaqat davlat byudjeti defitsitini 
moliyalashtirishning maqbul yo‘li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning 
muhim instrumenti bo‘lib hisoblanadi. O‘z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor 
operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yilda davlat qimmatli qog‘ozlarini 
muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga 
oshiradi. Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini takomillashtirishga oid 
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlari davom 
ettiriladi. Ta’sirchan foiz siyosatini amalga oshirishda banklararo pul bozorining 
samarali ishlashi muhimligini inobatga olib, Markaziy bank ushbu bozorning har 
tomonlama rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratadi. 
Xususan, 2018 yilda qisqa muddatli likvidlik berish jarayonini takomillashtirish 
maqsadida banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini ishga tushirish 
ko‘zda tutilmoqda. Ushbu tadbirning amalga oshirilishi tijorat banklarining bo‘sh pul 
mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona platformaga jamlash va bozor 
ishtirokchilari uchun foiz stavkalari dinamikasini kuzatish imkonini yaratadi hamda foiz 
stavkalarining bozor mexanizmlari asosida shakllanishiga xizmat qiladi. Ayni vaqtda 
yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali qisqa 
muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-
kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali ta’sirini kuchaytiradi. Inflyatsion 
targetlash rejimida pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan choralar shaffofligini 
oshirishga 
va 
asossiz 
inflyatsion 
kutilmalarning 
oldini 
olishga 
qaratilgan 
kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib 
chiqqan holda, Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar sabablari hamda mohiyatini 
elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali aholi va biznes hamjamiyatiga 
tushuntirish bo‘yicha faol ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta 
jamg‘armasining ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimiga (MTUT) qo‘shilishi hamda 


75 
Markaziy bankning alohida mavzularga bag‘ishlangan nashrlari sonining ko‘paytirilishi 
shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni mustahkamlashga xizmat qiladi. Pul-
kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va kutilayotgan natijalarni 
keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilinishini 
ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi bo‘lmaganlar 
uchun tushunarli bo‘lgan til va atamalardan foydalaniladi. Shu bilan birga, aholining 
moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaytirib 
boriladi. O‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlashga o‘tish Markaziy bankning 
tahliliy va prognozlash salohiyatini mustahkamlashni hamda bosqichma-bosqich 
takomillashtirib borishni talab qiladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq 
strategiyasini ishlab chiqish va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi 
ko‘p jihatdan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va prognozlar 
sifatiga bog‘liq. Puxta ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlarga asoslangan pul-
kredit siyosati ichki moliya bozorlaridagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan 
qarorlar mohiyatini tushuntirishni yengillashtiradi va uning yo‘nalishlarini oldindan 
aniqlash imkonini yaratadi. Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar asosida 
prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi. Bunda 
inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki modellarini tuzish borasida ilk 
qadamlar tashlangan. Xususan, ARIMA (avtoregressiya – suzuvchi o‘rtachaning 
integrallashgan modeli) modelida iste’mol narxlarining guruhlashtirilgan indeksini 
qo‘llash va sinovdan o‘tkazish boshlandi. Shu bilan birga, OLS (eng kichkina kvadratlar 
usuli) VAR (vektorli avtoregressiya) modellari ham qo‘llanmoqda. 
Ushbu modellarni 
qo‘llash o‘tgan davrdagi ma’lumotlarga asoslanganligi bois oldingi yillardagi statistik 
ma’lumotlarning sifati ishonchli prognozlarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etadi. Shu sababli, prognozlashning zamonaviy tizimini shakllantirish bilan bir 
vaqtda statistik ma’lumotlarning ishonchli bazasini yaratish bo‘yicha ish olib 
borilmoqda. 
2018-2021 yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar 
bo‘yicha tahlil qilish, to‘lov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, 
asosiy 
makroiqtisodiy 
hamda 
pul-kredit 
ko‘rsatkichlarini prognozlash va 
modellashtirish 
instrumentlarini 
takomillashtirish 
bo‘yicha 
ishlar 
yanada 
kuchaytiriladi.Zaruriy 
ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda 
yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qo‘llaniladigan modellar ro‘yxatini 
kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan 
boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan 
so‘rovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini 
ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi.Narxlarning shakllanish 
jarayonini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, nomonetar omillar ta’sirida vujudga 
kelishi mumkin bo‘lgan inflyatsion xatarlarni oldindan aniqlash va ularning ichki 
narxlar barqarorligiga ta’sirini pasaytirish maqsadida Hukumat va tegishli vazirliklar 
bilan hamkorlik munosabatlari takomillashtirib boriladi.Markaziy bank xalqaro moliya 
institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham hamkorlikni sifat 
jihatdan yangi darajada davom ettiradi.Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning 
instrumentlari rolini kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash 
hamda pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 
yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, 


76 
xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba 
almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.Bank tizimining moliyaviy 
mustahkamligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bank nazorati choralarining 
samarali qo‘llanilishi, pul-kredit siyosati ta’sirini oshirishning zaruriy shartlaridan biri 
hisoblanadi.Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda 
takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat 
banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi, 
o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayda va pul-kredit siyosati 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion 
targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish 
tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda 
amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy 
makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi.Inflyatsion 
targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini 
yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish 
bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini 
ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga 
hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi
13
.Xususan, qonunchilik 
asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga 
tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin