Buxgalteriya hisobi va audit


monetar siyosatning yo‘nalishini o‘zgartirish qimmatga tushishi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

monetar siyosatning yo‘nalishini o‘zgartirish qimmatga tushishi 
va 
ko‘plab insonlar uchun og‘ir kechishi shubhasiz. Sababi rag‘batlantiruvchi monetar 
siyosat inflyatsiyaning yanada tezlashishiga zamin yaratadi. Yuqori inflyatsiya esa 
moliyaviy barqarorlikka putur yetkazish bilan bir qatorda, aholining zaif qatlami uchun 
qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Fiskal siyosatda budjet xarajatlarini 
qisqartirish yo‘lidan borish qisqa muddatda o‘sish tempini biroz sekinlashtirishi 
mumkin-yuqorida guvohi bo‘lganimizdek, budjet xarajatlari hozirgi kunda YAIMning 
katta qismini tashkil etadi. Biroq, 
budjet xarajatlarini qisqartirish, birinchidan, 
qaror qabul qiluvchilarni tashvishga solayotgan tashqi savdo defitsitining 
qisqarishiga sabab bo‘lsa, ikkinchidan, inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga 
tezroq erishishga ham zamin yaratishi shubhasiz

Monetar siyosatning bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati. 
Banklarning 
moliyaviy 
barqarorligini 
oshirish 
rejalashtirilgan 
islohotlar 
muvaffaqiyatining hamda bank tizimiga ishonchni saqlab turishning asosiy omili 
hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda xususan: 
- xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ 
boshqaruvni takomillashtirish; 
- kreditlashning mo‘tadil darajada o‘sishini ta’minlash va kredit portfeli sifatini 
yaxshilash; 
- bank nazoratini va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish
shu jumladan riskka asoslangan nazorat tizimini tatbiq etish ishlari amalga oshiriladi. 
2021 yilning I yarim yilligida 
yalpi ichki mahsulot
real hajmda o‘tgan yilning mos 
davriga nisbatan
 
6,2 foizga oshdi. Ushbu yuqori o‘sish ko‘rsatkichi, birinchidan, 2020 
yilning 
yanvar-iyun 
oylaridagi past 
baza 
effekti bilan, 
ikkinchidan, fiskal 
rag‘batlantirishlar va iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kreditlar hisobiga yalpi talabning 
qo‘llab-quvvatlanishi bilan izohlanadi. Bunda, iqtisodiyotning sanoat mahsulotlarini 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘sish sur'atlarining (mos ravishda 8,5 
va 18,3 foiz) pandemiyagacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlarigacha yetgani kuzatilgan 
bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi (1,8 foiz) va qurilish ishlari (0,1 foiz) sohalarida 2020 yilda 


86 
yuqori o‘sish sur'atlari saqlanib qolingani hisobiga joriy yilgi ko‘rsatkichlarda sezilarli 
o‘sish kuzatilmadi, mazkur ko‘rsatkichlar ikkinchi yarim yillikda yaxshilanishi 
kutilmoqda. Iqtisodiyotda talab hajmining o‘sib borishi, o‘z navbatida, iste'mol tovarlari 
ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga, 
15
chakana 
savdo aylanmasining 9 foizga oshishida ham namoyon bo‘ldi. Tijorat banklari 
kreditlari, qarz mablag‘lari hamda xorijiy kredit liniyalari 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin