Lombard krediti
- qisqa muddatli, miqdori qat’iy belgilangan ssuda bо‘lib, oson
sotiladigan qо‘zg‘aluvchi mulkdir.
Lombard krediti
-tijorat banklari Markaziy bankdan о‘zlarining portfelidan
qimmatbaho qog‘ozlarni garovga qо‘yish orqali kredit olish - bu lombard krediti
hisoblanadi.Mamlakatlarning xalkaro hisob-kitoblarini amalga oshirish rejasini
belgilash, xalqaro hisob-kitoblar turi:
Majburiy zaxiralar siyosati
-tijorat banklari jalb qilgan mablag‘laridan ma’lum bir
qismini Markaziy bankning zaxira fondiga о‘tkazilishidir.
Marja
– banklarning oladigan foizi bilan beridigan foizi о‘rtasidagi farqdir.
Marja
- savdo, birja, sug‘о‘rta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valyuta va
qimmatbaho qog‘ozlar kо‘rsi, foiz stavkalari va boshqa kо‘rsatkichlar farqini ifodalash
uchun ishlatiladigan atamadir.
Markaziy bank-
о‘z sarf-xarajatlarini о‘z daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi,
iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa bо‘lib, u davlat gerbi tushirilgan va nomi yozilgan
muhriga ega.
Maxsus zahiralar
-bu zahiralar har bir kreditlar bо‘yicha tashkil etilgan zahira
summalaridir.
Maxsus imtiyozli kreditlash jamg‘armasi”
- kichik va о‘rta tadbirkorlik subyektlariga
imtiyozli kreditlar, shuningdek, mikrokreditlar berish maqsadida tashkil qilingan
jamg‘armadir. Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi hisobidan beriladigan mikrokreditlar
bо‘yicha foiz stavkalari mikrokredit berilgan kundagi Markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasining 50 foizdan ortiq bо‘lmagan miqdorda belgilanadi
Mikrokredit
- qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam
ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan pul mablag‘idir.
Mikrofirma
- bu mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar, ish bilan band bо‘lgan
xodimlarning о‘rtacha yillik soni ishlab chiqarish sohasida 20 kishidan, xizmat
kо‘rsatish soxasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bо‘lmagan tarmoqlarda 10
kishidan, ulgurji, chakana savdo, va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan
korxonalar
Dostları ilə paylaş: |