Umumiy zahiralar
-bunday zahiralar kredit portfeli uchun tashkil etiladi. Umumiy
zahiralar kredit portfeliga xos bо‘lgan yashirin tavakkachilikdan ximoya qilish
maqsadida tashkil etiladi. Ular odatda ssuda bо‘yicha qarzdorlik summasiga nisbatan
foizda belgilanadi.
Umumiy kapitalning yetarliligi-
bankning umumiy kapitali miqdorini riska tortilgan
aktivlarga nisbatini orqali aniqlovchi kо‘rsatkich.
Umumiy usullar-
bank risklaring miqdorini uni daromadlariga bog‘liq ravishda
baholash va bashorat qilish hamda bank likvidliligiga nisbatan belgilangan iqtisodiy
normativlarni bajarish kiradi.
О‘zaro aloqador shaxslar-
tijorat banki aksiyadorlari va boshqaruvida о‘z faoliyati
yurituvchi shaxslarning qarindoshlari hisoblanadi.
О‘stirilmaydigan kreditlar
-belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi
tо‘xtatiladigan kreditlar.
Faktoring
- bu xо‘jalik yurituvchi subyektlar – mol yetkazib beruvchilarni (bundan
keyingi matnda - mijoz) ular tomonidan bank - moliya agentiga tо‘lovchilardan (bundan
keyingi matnda -tо‘lovchi) jо‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki kо‘rsatilgan
xizmatlar uchun ular tomonidan akseptlangan, lekin hali tо‘lanmagan tо‘lov
talabnomalari bо‘yicha pul tо‘lovini olish huquqini о‘tib berishlari evaziga, regres
huquqisiz, moliyalashtirish borasidagi bank xizmati turidir.
Xazina majburiyatlari
- uning egasi tomonidan malum bir pul mablagini byudjetga
kiritganligi va uning butun aylanish davrida anik chegaralangan foizni tulab berish
majburiyatini guvoxlovchi kimmatli kogozidir.
Xalqaro kafolatlar
- tovarlar va kapitallar harakatini uzluksiz va doimiy harakat
qilinishini ta’minlanishiga xizmat qilib Markaziy banklar, tijorat banklari,
korporatsiyalar, hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi.
Xalqaro kredit
– bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tlmonidan ikkinchi bir
davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va tо‘lovlilik
asosida beriladigan kreditdir.
Dostları ilə paylaş: |