76
xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba
almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.Bank tizimining moliyaviy
mustahkamligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bank nazorati choralarining
samarali qo‘llanilishi, pul-kredit siyosati ta’sirini oshirishning zaruriy shartlaridan biri
hisoblanadi.Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda
takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat
banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi,
o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayda va pul-kredit siyosati
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion
targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish
tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda
amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy
makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi.Inflyatsion
targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini
yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish
bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini
ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga
hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi
13
.Xususan, qonunchilik
asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga
tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: