Buxgalteriya hisobi va audit


Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 
Yuqoridagi grafikdan ko‘rish mumkinki, davlat xarajatlarining oshib borishi bilan bir 
vaqtda tashqi savdo defitsiti ham ortib borgan.
 
Shubhasiz, fiskal xarajatlarning 
oshirilishi tashqi savdo defitsitining o‘sishini tushuntirib beruvchi yagona omil emas. 
Masalan, 2019 yilda tashqi savdo defitsitining o‘sish darajasi budjet xarajatlarining 
oshishiga qaraganda sezilarli darajada past bo‘lgan. Shunga qaramay
davlat 


85 
xarajatlarining muntazam oshib 
borishi tashqi savdo defitsitining o‘sishiga sezilarli 
darajada hissa qo‘shib kelayotganligi shubhasiz. Qolaversa, nisbatan qattiq monetar 
siyosatni ushlab turish yaqin kelajakda moliyaviy shart-sharoitlar nuqtai nazaridan 
manfaatliroq ekanligi hisobga olinsa, budjet xarajatlarini imkon qadar qisqartirish tashqi 
savdoning muvozanat nuqtaga tomon siljishini ta’minlashda eng optimal yechimlardan 
biri bo‘lishi mumkin. Masalan, manzilliligi so‘roq ostida bo‘lgan va samarasiz ijtimoiy 
loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish bu borada dadil qadam bo‘ladi. Sababi, 
bu singari loyihalar qisqa muddatda ijtimoiy kayfiyatning yaxshilanishigagina xizmat 
qilishi, aholining zaif qatlami turmush farovonligi oshgandek va barqarorlik 
o‘rnatilgandek illyuziya hosil qilishi mumkin, biroq yakunda aholi zaif qatlamining 
kambag‘allikdan qutilishi yoki mamlakatda uzoq muddatli barqarorlikka olib kelmaydi. 
Umuman, samarasiz budjet xarajatlaridan tiyilishning boshqa vositalari ham topiladi
buning uchun qaror qabul qiluvchilarning irodasi zarur, xolos. Tahlillardan xulosa qilish 
mumkinki, qaror qabul qiluvchilar tashqi savdo defitsitini qisqartirishni istasa, birinchi 
navbatda fiskal xarajatlarni kamaytirish yo‘lidan borish maqsadga muvofiq. Zero, 
hozirgi vaqtda 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin