Obligatsiyalar - zayom oluvchilarni (emmitentini)va kreditlarni (investorni)
munosabatlarini rasmiylashtiruvchi kimmatli kog‘oz bulib, emmitentini belgilab pul
summasini kelishilgan vaktda tulash shartini ifoda kiladi.
Overdraft - kontokorrent hisob raqamining maxsus shakli hisoblanadi. Uning о‘ziga
xos xususiyati shundan iboratki, bank mijozning asosiy “talab qilib olinguncha” depozit
hisob raqamida qisqa muddat mobaynida debetli (qoplanmagan) qoldiq bо‘lishiga
ruxsat beradi. Overdraft hisob raqamidan foydalanish xuquqi eng ishonchli
mijozlargagina beriladi.
Revalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el valyuta kursiga nisbatan oshirish. Revalvatsiya asosan importni rag‘batlantirish va milliy bozorni о‘sha mamlakat tovarlari bilan tо‘ldirish maqsadida qо‘llaniladi. Remoliyalashtirish siyosati - markaziy bank tomonidan tijorat banklari ixtiyoridagi
tijorat Veksellarni hamda qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olish va shu yо‘l bilan
kredit berishdir.
Savdo balansi - eksport va import operatsiyalari bо‘yicha valyuta tо‘lovlari va
tushumlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Kreditga sotib olingan tovarlar
qiymati bu yerda aks ettirilmaydi.
Svop (swap) – savdo qoidalariga amal qilgan xolda bitta karzni tulash bо‘yicha ma’lum
bir muddat о‘tgandan sо‘ng shartlarni о‘zgartirish bо‘yicha bitim.
Svop operatsiyasi - bir valyutani spot operatsiyasi bо‘yicha sotib olish va forvard sharti
bо‘yicha sotishiga yoki forvard sharti bо‘yicha sotib olish va spot sharti bо‘yicha
sotishga aytiladi.
Spot operatsiyalari - valyuta bitimi tuzilgandan sо‘ng, valyutalar ikki ish kunida kelib
tushadigan operatsiyalar.
103
Ssuda kapitali -qarzga berilgan pul ishga solinib, yangidan pul topish, daromad olish
uchun ishlatilishidir.