105
Xarid avansi
- eksportni kreditlashning bir formasi bо‘lib hisoblanadi va shu vaqtning
о‘zida importyorning majburiyatini ta’minlovchi vositadir. Chunki importyor о‘zi
buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bо‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarning
import bilan shug‘ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli о‘laroq,
xarid avansidan shu davlatlarning qishloq xо‘jalik mahsulotlarini olib chiqib ketishda
foydalanmoqdalar.
Hisobli kredit
-Vekselni tijorat bankiga sotish yо‘li bilan olinadigan kreditdir.
Chet el valyutalarini diversifikatsiya qilish
- bir vaqtning о‘zida bir nechta chet el
valyutasida rezervlar tashkil qilish tushuniladi.
Shubhali kreditlar
— bu ziyon qilish ehtimoli yuqori bо‘lgan, lekin ayrim ijobiy
amallari mavjud bо‘lgan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha shubxali deb
tasniflanadi. Shubhali deb tasniflangan kreditlarga asosiy tо‘lanmagan summasini 50
foizini miqdorida zahira tashkil etiladi.
Shubhali kreditlar
- 3 tо‘lov davrida foiz yig‘indisi tо‘lanmagan va 1 marta asosiy qarz
yig‘indisi tо‘lanmagan kreditlardir.
EAV
- mamlakatning tо‘lov balansini joriy operatsiyalar bо‘limiga valyutaviy
cheklashlar bо‘lmasa, bu mamlakatning puli erkin almashadigan valyuta deb tan
olinadi.
Dostları ilə paylaş: