hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
ichki nazorat tartibini;
buxgalteriya hisobi to’liq va ishonchli yuritilishini;
hisob hujjatlarining but saqlanishini;
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart”.
Tashqi iste’molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ro’yxatga olingan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta’kidlanadi: “foydalanuvchi uchun hisob siyosatini yoritishning o’ziga xos ustuvorligi ko’rilganda rahbarlar xo’jalik yurituvchi subyektning tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini hisobga olishlari kerak.
Hisob siyosatining yoritilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi, ammo ushbu axborot bilan chegaralanmaydi:
Faoliyat turlarini, geografik segmentlar va chiqimlarni segmentlar o’rtasida taqsimlash usullarini aniqlash.
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlarda segmentlar bo’yicha hisob va hisobot muammosi o’zining to’liq yechimini topmagan.
Moliyaviy hisobotning afzallik tomoni moliyaviy holatni, korxona faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot manbasi sifatida qo’llanilishida namoyon bo’lsa, segmentar hisobot ma’lumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi.
Moliyaviy hisobotning afzallik tomoni moliyaviy holatni, korxona faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot manbasi sifatida qo’llanilishida namoyon bo’lsa, segmentar hisobot ma’lumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi.
Mamlakatimiz hisob amaliyotida segmentar hisobot tuzishning ba’zi tamoyillarini ko’rib chiqamiz:
segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish hajmini hisobga olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim;
ichki hisobot tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak;
segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo’lishi, izchil va tugallangan bo’lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo’naltirilishi lozim;
segmentar hisobotning shakllari va registrlarini tez-tez o’zgartirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi;
boshqaruvchiga minimal hajmdagi hamda murakkab hisob-kitoblarsiz, tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim;
hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning salohiyatlarini korxona investisiya loyihalari va biznes rejasini amalga oshirishga yo’naltirishi lozim.
boshqaruv segmentar hisoboti korxona hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning milliy standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy manbaga ham asoslanishi lozim.